Belarus Rossiya neftini atigi 4 dollardan sotib olmoqchi
Olam
−
03 aprel 2020
6667Belarus Rossiya neft kompaniyalari bilan bir barrel uchun 4 dollardan xomashyo yetkazib berish bo‘yicha shartnoma tuzishni boshladi. Bu haqda bugun, 3 aprel kuni Belarus “Belneftexim” konsernining matbuot kotibi Aleksandr Tishchenko ma’lum qildi.
“Shartnoma matni keyinroq e’lon qilinadi, ammo u "Rosneft"da allaqachon bor”, deydi Tishchenko.
Matbuot kotibi, shuningdek, resurs egalarining tijorat takliflariga binoan, aprel oyida Belarusga 2 million tonnagacha neft yetkazib berish rejalashtirilganini ta’kidladi. Shuningdek, Belarus Bosh vaziri Sergey Rumas ham Respublika aprelda bir barreli uchun 4 dollar narxida 2 million tonna Rossiya neftini sotib olishga tayyorligini aytdi.
Shu bilan birga, Rossiya Prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov ushbu kelishuv narxi bozor sharoitlariga bog‘liq ekanligini ta’kidladi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 3 yanvar kuni rasmiy Minsk Rossiya bilan neft ta’minoti shartlarini kelisha olmadi. Shundan so‘ng, Belarus neftni qayta ishlash zavodlariga ushbu xomashyoni yetkazib berish to‘xtatildi. Mamlakat Prezidenti Aleksandr Lukashenko esa Rossiyani iqtisodiy bosim qilishda aybladi.
Keyinchalik, joriy yilning 1 fevral kuni Belarusga tashrif buyurgan AQSH Davlat departamenti kotibi Maykl Pompeo Lukoshenkoga neft borasida AQSH yordamini taklif qildi. Biroz o‘tib, 2020 yil 8 fevral kuni Lukasheko Putin bilan neft masalasida kelishib olganini ma’lum qildi. Imzolanadigan shartonama avvalgi shartnomalar narxidek bo‘lishi ma’lum qilindi.
Biroq joriy yilning 9 mart kuni koronavirus pandemiyasi butun dunyo iqtisodiga xavf tug‘dirayotgan bir paytda, neft eksport qiluvchi davlatlar "OPEK+" bitimini to‘xtatishdi. Shundan so‘ng, Saudiya Arabistoni neft qazib olishni kuniga 12 million barrelga oshirish va zaxiralarni bozorga olib chiqish niyatini bildirdi. Natijada qora oltinning narxi rekord darajada tushib ketdi.
LiveBarchasi