Lukashenko: “Koronavirus eng kuchlilarning dunyoni urushsiz bo‘lib olishga urinishi emasmi?”

Olam

image

Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko global o‘yinchilar koronavirusdan dunyoni urushsiz bo‘lib olishda foydalanishi mumkinligini aytdi. Bu haqda BelTA agentligi xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda butun dunyo koronavirus infeksiyasidan keyin nima bo‘ladi deb o‘ylayapti.

“Bu dunyoning kuchlilari urushsiz, Makron buni urush deb aytib bo‘ldi, koronavirus vasvasasi, infodemiya orqali dunyoni bo‘lib olishni xohlayotganga o‘xshamayaptimi?”, deya savol berdiLukashenko.

U BMTning dunyo yalpi ichki mahsulotining 10 foizi miqdorida pul bosib chiqarish taklifini eslatib, tanqid qildi.

“Bu bo‘sh pullar, dollar usiz ham asta-sekin qadrsizlanyapti, buning oqibatida inyalyatsiya to‘lqini yuz beradi. Biz o‘zimizning rubl bilan qayerda qolamiz”, degan Lukashenko.

Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘sha bosib chiqariladigan trillionlar boylar qo‘lida to‘planib, ular yanada boyiyd va qolganlar kambag‘allashadi.

Koronavirus mamlakatlarni, shuningdek, Belarusni rivojlanishdan to‘xtab, ozgina valyuta zaxiralarini ham yeb yotishga mahkum qilishganini ta’kidladi.

“Rossiyada ham ular ko‘p emas. Huddi bizdek. Agar biz YAIMning 10 foizi miqdorida pul chiqarsak, “oyoqdagi” davlatlar bizning oldimizga kelib deyishadi: “oling sizga ozgina (pul), biroq bizning aytganimizni qilasiz. Shu tariqa dunyo bo‘lib olinadi”, deya ta’kidladi Lukashenko.

Lukashenko koronavirus pandemiyasidan keyin dunyo o‘zgarishini aytib, Belarusning o‘rni unda qanday bo‘ladi, deb savol berdi?

“Bizning bu dunyodagi o‘rnimiz qayerda bo‘ladi? Mana men uchun nima muhim, koronapsixoz va infopandemiya emas”, dedi Prezident. 

Lukashenkoning so‘zlariga ko‘ra, bu savol yaqin orada Sobiq ittifoq davlatlarining bari uchun dolzarb mavzuga aylanadi.

“Bu savol resurslarga boy Qozog‘iston, Turkmaniston, Tojikiston kabi davlatlar uchun ham dolzarb bo‘ladi. Armaniston, Qirg‘iziston, Ukraina va Belarus Prezidentining siyosatini shubha ostiga olayotgan Nauseda (Litva Prezidenti Gitanasa Nauseda) uchun ham muhim bo‘ladi”, degan Lukashenko.

U nega mamlakatda karantin e’lon qilmayotgani yuzasidan tushuntirish berdi.

“Chunki men to‘xtasak, pandemiyadan keyin nima bo‘lishini tasavvur qilyapman. Rossiyada butun dunyoga kerak bo‘lgan neft va gaz bor. Xitoyda ulkan iqtisodiy qudrat. Amerikada bosma uskunasi: ikki trillion (dollar) sarflaydi, yana ikkitasi ketidan keladi. Ular oyoqqa turib oladi”, deya fikr bildirdi Lukashenko.

Ma’lumot uchun, Belarusda bugungi kunda 163 kishi koronavirusga chalingan. Ularning 2 nafari vafot etgan, 53 nafari davolangan.


Maqola muallifi

Teglar

Aleksandr Lukashenko koronavirus

Baholaganlar

445

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing