Lukaşenko sovet davridagi savdo tizimini tiklaşni taklif qildi
Olam
−
12:09 640 2 daqiqa
Belarus Rossiyaning Kaliningrad, Sankt-Peterburg, Moskva viloyati va qisman Moskva şahrini mahsulotlar bilan ta’minlaşni öz zimmasiga olişi mumkin. Mamlakat Prezidenti Aleksandr Lukaşenko sovet davridagi uşbu amaliyotni qayta tiklaşni taklif qildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.
Lukaşenko bu taklifni Minskda Sankt-Peterburg gubernatori Aleksandr Beglov va Rossiyaning Belarusdagi elçisi Boris Grizlov bilan uçraşuvda bildirgan. Uning aytişiça, sovet davrida Belarus Leningrad va Kaliningrad viloyatlarida yetişmaydigan oziq-ovqat mahsulotlarini işlab çiqarib, yetkazib berişga mas’ul bölgan.
Sovet davridagi amaliyotga qaytiş vaqti keldi. Belarus Kaliningrad, Sankt-Peterburg, Moskva viloyati va qisman Moskvani mahsulotlar bilan ta’minlar edi”, degan Lukaşenko.
U Belarus va Leningrad örtasidagi hamkorlik faqat mahsulot yetkazib beriş bilan çeklanmaganini ham ta’kidlagan. Öşa davrda Leningraddan mutaxassislar Minskka borib, respublikada muayyan sohalarni rivojlantirişga yordam bergan.
Uçraşuvda Belarus va Sankt-Peterburg örtasidagi iqtisodiy aloqalar ham muhokama qilingan. Beglovning ma’lum qilişiça, Sankt-Peterburgda Belarusda işlab çiqarilgan qariyb 2 mingta avtobusdan foydalaniladi. Yaqinda şahar 101 ta elektrobus ham xarid qilgan.
Uning qayd etişiça, Belarus Sankt-Peterburgning eng yirik uçta savdo hamkoridan biri hisoblanadi. Sönggi ikki yilda tomonlar örtasidagi tovar ayirboşlaş hajmi har yili 3 milliard dollardan oşgan, 2026 yilning birinçi yarmida esa yana 7 foizga ösgan. Şuningdek, Sankt-Peterburgda Belarus mahsulotlarining törtta rasmiy dökoni işlamoqda. 2027 yilda Belarus texnikasi markazini quriş rejalaştirilgan.
Rossiya Prezidenti Vladimir Putin ham avvalroq ikki mamlakat örtasidagi savdo hajmi rekord darajaga yetganini bildirgan. Uning ma’lumotiga köra, 2025 yilda tovar ayirboşlaş qariyb 52 milliard dollarni taşkil etgan.
Şu bilan birga, ikki mamlakat örtasidagi savdoda ayrim qiyinçiliklar ham mavjud. Lukaşenko Rossiyada tovarlarni kutişni tasdiqlaş tizimi joriy etilişi Belarus eksportçilari uçun ortiqça byurokratik tösiqlar keltirib çiqarişi mumkinligidan xavotir bildirgan. Sentyabr oyida Belarus Davlat bojxona qömitasi rahbari Vladimir Orlovskiy ham Rossiya-Belarus çegarasidagi nazorat bilan boğliq eksportçilar uçun ayrim noqulayliklar borligini aytgan.'
Uning ta’kidlaşiça, bu masala böyiça tomonlar savdo jarayonlarini soddalaştirişga qaratilgan hujjatlarni işlab çiqmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Belarus uruşga tayyorlanayotgani, ammo uni har tomonlama oldini olişga harakat qilayotgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi27 Oktyabr