Lukashenko MDHdan chiqayotgan Moldovani keskin tanqid qildi

Olam

−

image

Belarus rezidenti Aleksandr Lukashenko  Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi tarkibidan chiqish qarori sababli Moldova rahbariyati sha’niga tanqidiy fikrlar bildirdi. Bu haqda bugun, 9 oktyabr kuni Aleksandr Lukashenko matbuot xizmatining rasmiy “Pul Pervogo” Telegram-kanalida Belarus yetakchisining MDH davlatlari rahbarlari sammitidagi nutqining stenogrammasi e’lon qilindi.

“2027 yilning aprelida MDHdan de-yure Moldova chiqadi. Bu oddiy moldovanlarning tanlovi emas, balki rahbariyatning kaltabinlik bilan qabul qilgan qaroridir. Ustiga-ustak, u buni o‘zi ham tushunadi va Erkin savdo hududi to‘g‘risidagi shartnomada ishtirokini saqlab qolishga harakat qilmoqda”, deydi Lukashenko.

Nutqi davomida u Moldova rahbariyatini “oddiy Moldova fuqarolari uchun loaqal dastlabki bosqichda hamkorlik kanallarini uzib qo‘ymaslik” imkoniyatini saqlab qolishga chaqirgan.

“Tarix hamisha takrorlanadi. Bizda allaqachon Gruziyaning MDHdan chiqish tajribasi bor. Ammo bugun vaziyat qanday o‘zgarayotganini ko‘rib turibmiz. Normal munosabatlarga qaytish Hamdo‘stlikning sinalgan mexanizmlari orqali yengilroq kechishi oshkora ko‘rinib turibdi”, deya qo‘shimcha qilgan u.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Moldova TIV rahbari Mixay Popshoy mamlakat 2027 yil 8 aprelda MDH tarkibidan rasman chiqishini ma’lum qilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing