Artist taslim bo‘lganini e’lon qilishiga oz qoldi – Bolgariyalik general urushda kimning qo‘li baland kelishi haqida

Olam

image

Bolgariyalik ekspert, iste’fodagi general Dimitar Shivikovning fikricha, Ukrainaning Rossiya bilan mojaroda g‘alaba qozonish imkoniyati yo‘q. Bu haqda uning so‘zlariga asoslanib TASS yozmoqda. 

"Bu mojaroda kim g‘alaba qozonishiga shubham yo‘q, bu maxsus harbiy operatsiyada o‘zining harbiy kontingenti bilan ishtirok etgan Rossiya Federatsiyasi bo‘ladi. Mag‘lubiyatga uchragan tomon – Ukrainadagi rejim va uning qurolli kuchlari, o‘zgartirilgan va hududiy mudofaaga kiritilgan fashistlarning harbiylashtirilgan batalonlari”, degan 61-Stryamskaya mexanizatsiyalashgan brigadasining sobiq qo‘mondoni Bolgariya milliy radiosiga bergan intervyusida.

Uning qayd etishicha, Rossiyaning maqsadi Ukrainani davlat sifatida bosib olish va yo‘q qilish emas. Bu haqda Prezident Vladimir Putin ham bir necha bor tushuntirish bergan. Maqsad Ukrainani demilitarizatsiya, birinchi navbatda, uning harbiylashtirilgan bo‘linmalarini denazolizatsiya qilishdir.  

“Bu operatsiya 2004 yildan to‘q sariq inqilob bilan boshlandi. Ukraina o‘zining bosh kuratori, jahon jandarmi va G‘arb dunyosi yetakchisining okean narigi tomonidagi ko‘rsatmalariga amal qilib, fashistlar usullaridan foydalangan holda o‘ta rusofob siyosatni, Bandera siyosatini olib bora boshladi”, deydi Shivikov. 

Generalning ta’kidlashicha, hozirgi vaziyatda Bolgariya mojaro ishtirokchilariga qo‘shimcha qurol-yarog‘ bermasligi kerak, “chunki alangan benzin bilan o‘chirilmaydi”. 

“Vazifalar bajarilgunga qadar jangovar harakatlar davom etadi, ammo Prezident-artistning o‘zi qurolli kuchlarining taslim bo‘lishini e’lon qiladigan vaqt yaqinlashmoqda. Ukraina Qurolli Kuchlarining 60% dan ortig‘i jangovar qobiliyatini yo‘qotdi, harbiy infratuzilma ob’ektlarining 80% dan ortig‘i yo‘q qilindi”, deydi Shivikov. 

Rossiya-Ukraina urushi

Joriy yilning 21 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Kremlda Ukraina sharqidagi o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan Lugansk xalq respublikasi (LXR) va Donetsk xalq respublikasini (DXR) tan olish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Keyinroq RF respublikalarni shu nomdagi viloyatlar chegaradagi tan olganini ta’kidlab, Ukrainaga qarshi urush xavfini oshirib yubordi.

Putinning favqulodda qarori ortidan AQSH, YeI, Kanada, Avstraliya, Buyuk Britaniya va Yaponiya rasmiylari ham Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritdi.

24 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukraina sharqida Donbassda rus harbiylari "maxsus harbiy operatsiya" boshlaganini e’lon qildi va rus qo‘shinlari Ukrainaga hujum boshladi. Putin bu harakatini Ukraina sharqidagi rossiyaparast separatist kuchlar rahbarlari shunday so‘rov yuborgani bilan oqladi.

Bundan avvalroq Zelenskiy Rossiya fuqarolariga rus tilida murojaat qilib, ukrainlarga “na sovuq, na issiq, na gibrid urush kerak emas”ligini, ukrainlar hujumchilarni kutib olishga tayyorligini bildirgandi. Ko‘p o‘tmay Prezident Rossiya bilan diplomatik aloqani uzdi. Prezident Zelenskiy mamlakatda harbiy holat e’lon qildi.

25 fevral kuni Zelenskiy Ukrainada umumiy harbiy safarbarlik e’lon qildi. Armiyaga chaqiruv mamlakatning qator viloyat va shaharlarida amalga oshirilishi belgilandi.

Rus qo‘shinlari hozirgacha Ukrainaga shimol, sharq va janubdan hujum qilib kelmoqda va qator hududlarni egallashga erishdi. Ammo bu urush Rossiyaning dunyoda yakkalanib qolishiga olib keldi.

Ukrainaga hujum boshlanishi Rossiya iqtisodiga og‘ir zarba berdi. Rus kompaniyalari aksiyalari keskin arzonlashdi, Moskva birjasida savdolar mislsiz darajada pasayish bilan o‘tdi. Gazprom, LUKOYL va boshqa yirik kompaniyalar yo‘qotishlarga uchradi.

Hujum boshlangach, Yevropa davlatlari va AQSH Rossiyaga qarshi bir necha bosqichli sanksiyalar joriy qildi. Rossiyaning VTB, “Rossiya” banki, “Otkritiya”, “Novikombank”, “Promsvyazbank”, “Sovkombank” va VEB.RF banklari SWIFT xalqaro banklararo tizimidan uzildi. AQSH va Yevropa Ittifoqi Rossiyaning oltin-valyuta zaxirasini blokladi.

Yevropa davlatlari, AQSH, Kanada Rossiya uchun o‘z havo hududini yopdi. Bu sanksiyalarga neytral davlat hisoblangan Shveysariya ham qo‘shildi. Urush fonida Ukrainani Yevropa Ittifoqi a’zoligiga qabul qilish jarayoni tezlashdi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

308

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing