Arab davlatlari Isroil bilan aloqa o‘rnatishga tayyor – Blinken

Olam

image

Yaqin Sharq va undan tashqaridagi arab davlatlari Isroil bilan munosabat o‘rnatishga tayyor – bunaqasi ilgari bo‘lmagan. Bu haqda AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken Davosdagi Jahon iqtisodiy forumidagi panel muhokamasi chog‘ida ma’lum qildi.

“Arab davlatlari va musulmon davlatlari, hatto Yaqin Sharq mintaqasidan tashqarida bo‘lsa ham, Isroil bilan integratsiya va xavfsizlik nuqtai nazaridan munosabatlarni o‘rnatishga tayyor – bunaqasi ilgari bo‘lmagan. Ular bunga kafolat bermoqda”, deydi AQSH diplomati.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu mamlakatlarning barchasi, xuddi AQSH kabi, mojaroga yechim Falastin davlatini yaratish va Falastin rahbariyatini isloh qilish, deb hisoblaydi. 

Ma’lumot uchun, 2020 yil sentyabr oyida Vashingtonda Isroil tomoni AQSH vositachiligida Bahrayn va BAA bilan munosabatlarni normallashtirish bo‘yicha hujjatlarni imzolagandi. Uch tomonlama bitim "Ibrohim kelishuvi" deb nomlandi. Keyinchalik Marokash va Sudan yahudiy davlati bilan munosabatlari yaxshilanganini e’lon qildi. Bahrayn va BAA bilan tinchlik o‘rnatilguniga qadar, Isroil arab davlatlari orasida faqat Misr va Iordaniya bilan yaqin aloqalarga ega edi.

Shuningdek, Blinken joriy yilning 4 yanvar kuni Blinken Yaqin Sharq bo‘ylab safarga chiqib, Iordaniya, Qatar, BAA, Saudiya Arabistoni, Falastin,  Bahrayn, Isroil va Туркияга tashrif buyurgandi.

Eslatib o‘tamiz, Davosdagi forumda Saudiya Arabistoni Tashqi ishlar vaziri, shahzoda Faysal bin Farxon al-Saud Saudiya Falastin masalasi hal etilsa, Isroil davlatini tan olishi mumkinligi haqida aytdi.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil Blinken Arab davlatlari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing