Saudiya Isroilni davlat sifatida tan olmoqchi

Olam

image

Saudiya Arabistoni Falastin masalasi hal etilsa, Isroil davlatini tan olishi mumkin. Bu haqda qirollik Tashqi ishlar vaziri Faysal bin Farxon al-Saud Davosdagi Jahon iqtisodiy forumida aytib o‘tdi.

Mamlakat tashqi ishlar vaziri falastinliklar uchun davlat yaratishni o‘z ichiga oladigan umumiy tinchlik kelishuviga erishilsa, Saudiya Isroilni davlat sifatida tan olishini aytdi. 

“Biz mintaqaviy tinchlik Isroil uchun sulhni o‘z ichiga oladi, degan fikrga qo‘shilamiz. Biroq bu faqat Falastin davlati tashkil etilgan taqdirdagina amalga oshishi mumkin”, deydi bin Farxon.

Iqtisodiy forumda Saudiya G‘azodagi mojaro tugaganidan keyin yuqoridagi shart bilan tegishli qaror qabul qila oladimi yoki yo‘qmi, degan savolga vazir berilayotgan va’da shubhasiz bajarilishini qo‘shimcha qildi.

Ma’lumot uchun, 2020 yil sentyabr oyida Vashingtonda Isroil tomoni AQSH vositachiligida Bahrayn va BAA bilan munosabatlarni normallashtirish bo‘yicha hujjatlarni imzolagan. Uch tomonlama bitim Ibrohim kelishuvi deb nomlandi. Keyinchalik Marokash va Sudan yahudiy davlati bilan munosabatlar normallashganini e’lon qildi. Bahrayn va BAA bilan tinchlik o‘rnatilgunga qadar Isroil arab davlatlari orasida faqat Misr va Iordaniya bilan diplomatik munosabatlarga ega edi.


Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farxon “PBS NewsHou“ telekanaliga bergan intervyusida arab davlatlarining g‘azoliklarga yordam berish uchun Isroilga qarshi harbiy aralashuvini istamasligini aytib o‘tgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Saudiya Arabistoni Isroil Faysal bin Farxon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made