Tramp Marokash va Isroil diplomatik aloqa o‘rnatganini e’lon qildi

Olam

image

AQSH Prezdenti Donald Tramp Marokash va Isroil o‘rtasida diplomatik aloqa o‘rnatilganini e’lon qildi.

“Bizning ikki katta do‘stimiz Isroil va Marokash Qirolligi to‘liq diplomatik aloqa o‘rnatishga kelishib oldi. Bu Yaqin Sharqda tinchlik o‘rnatish yo‘lida katta o‘sish”, degan Tramp Twitter`dagi sahifasida.

Avvalroq, Oq uyda AQSH vositachiligida BAA, Bahrayn va Isroil aloqalarni normallashtirish to‘g‘risidagi kelishuvni imzolagandi.

Keyinroq Sudan ham yahudiylar davlati bilan aloqalarni yaxshilashi xabar qilingandi. Buning uchun AQSH Sudan foydasiga bir qancha yon berishlarni amalga oshirishi kerak edi.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp Isroil-Marokash

Baholaganlar

40

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing