Tramp yana bir arab davlatini Isroil bilan yarashtirganini e’lon qildi

Olam

image
Falastinliklar BAA delegatsiyasini Al-Aqso masjididan haydab chiqardi north_east

Falastinliklar BAA delegatsiyasini Al-Aqso masjididan haydab chiqardi

Avvalroq, arab davlatlaridan yana biri Sudan Isroil bilan munosabatlarni yaxshilashi mumkinligi haqida xabar bergan edik. Sudan vositachi AQSHga o‘z shartlarini aytgandi.

Bugun, 23 oktyabr kuni AQSH Prezidenti Donald Tramp Sudan va Isroil munosabatlarni normallashtirishga kelishib olganini e’lon qildi. Bu haqda Oq uy vakili Jadd Dir ma’lum qildi.

“Prezident Donald Tramp Sudan va Isroil munosabatlarni normallashtirishga kelishganini e’lon qildi - bu Avraam kelishuviga qo‘shilgan yana bir mamlakat bilan Yaqin Sharqda tinchlik o‘rnatish yo‘lidagi yana bir katta qadam”, degan Jadd Dir Twitter sahifasida.

Ma’lumot uchun, Sudan Isroil bilan munosabatlarini yaxshilash uchun AQSHdan o‘zini terrorchilarni qo‘llab-quvvatlovchi davlatlarning “qora ro‘yxati”dan o‘chirish va 7 mlrd dollar yordam puli so‘ragandi. Ammo bu talablar qanchalik bajarilgani haqida tafsilotlar hozircha ochiqlanmagan.

Eslatib o‘tamiz, Fors ko‘rfazidagi Bahrayn va Birlashgan Arab Amirliklari 15 sentyabr kuni Oq uyda Isroil bilan Avraam kelishuvini imzoladi va yahudiylar davlatini tan oldi. Bu ikki davlatdan avval Isroilni arab davlatlaridan Misr va Iordaniya tan olgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil-Sudan

Baholaganlar

156

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing