Yana bir arab davlati Isroil bilan yarashishga tayyorlanyapti
Olam
−
24 Sentabr 2020 9110 1 daqiqa
Yana bir arab davlati Isroil bilan yarashishga tayyorlanyapti. Sudan yahudiylar davlati bilan kelishish uchun o‘z shavrtlarini e’lon qildi. Bu haqda “Axios” xabar tarqatdi.
Xususan, aholisining katta qismini musulmonlar tashkil qiluvchi Sudan o‘zini terrorchilikni ta’minlovchi davlatlar ro‘yxatidan o‘chirishlarini xohlayapti. Sudan AQSHda e’lon qilingan ro‘yxatdan chiqish uchun rasmiy Vashington bilan muzokara o‘tkazgan. Oq uy Xartumdan delegatsiyani taklif qilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, AQSH Sudanga 7 milliard dollar miqdorida yordam puli ajratadi. Buning evaziga Afrikadagi arab davlati Isroil bilan munosabatlarni yaxshilash majburiyatini oladi.
Bu boradagi yakuniy muzokaralar 28 sentyabr kuni Abu-Dabida AQSH, BAA va Sudan o‘rtasida bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 15 sentyabr kuni Isroil, BAA va Bahrayn Oq uyda tinchlik kelishuvi imzoladi. Kelishuvga ko‘ra, rasmiy Abu-Dabi va Manama Isroilni tan oldi. O‘z navbatida yahudiylar davlati Iordan daryosining G‘arbiy sohiliga o‘z suverenitetini yoyishni to‘xtatadi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr