Falastinliklar BAA delegatsiyasini Al-Aqso masjididan haydab chiqardi

Olam

image

Falastinliklar Islom olamidagi eng muqaddas maskanlardan hisoblanuvchi Al-Aqso masjidiga Isroil politsiyasi hamrohligida kelgan Birlashgan Arab Amirliklari delegatsiyasini haydab chiqardi.

Falastinliklar BAA delegatsiyasini mamlakat Isroilni tan olgani uchun qoralagan. Ular amirlik vakillaridan masjidni darhol tark etishni talab qilgan.

Natijada BAA delegatsiyasi Al-Aqsoni tark etishga majbur bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, Isroil va BAA AQSH vositachiligida munosabatlarni normallashtirdi. Ularning kelishuviga keyinroq Bahrayn ham qo‘shildi. 15 sentyabr kuni Oq uyda uch davlat Avraam shartnomasini imzoladi. Shundan so‘ng, Falastin shu ikki davlatdagi elchisini chaqirib oldi.


Maqola muallifi

Teglar

Al-Aqso Falastin

Baholaganlar

406

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing