1,3 mingdan ortiq isroillik Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi
Olam
−
01 Oktyabr 49050 2 daqiqa
Isroil politsiyasi himoyasi ostida 1 317 nafar isroillik Quddusdagi Al-Aqso masjidi hududiga bostirib kirdi. Bu haqda Quddus Islomiy vaqflar boshqarmasi xabar qildi.
Qayd etilishicha, kecha, 30 sentyabr kuni ertalab 1 317 nafar isroillik politsiya hamrohligida musulmonlar uchun muqaddas bo‘lgan maskan hududiga kirgan. Isroil politsiyasi qo‘riqlovi ostida yuzlab isroilliklar masjidga kirishda davom etgan.
Quddus Islomiy vaqflar boshqarmasi vakilining so‘zlariga ko‘ra, bu jarayonda Al-Aqso masjidining tarixiy maqomi va uning amaldagi tartibi buzilgan. Isroilliklar o‘z diniy marosimlarini o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq aytgan va raqsga tushgan.
Bildirilishicha, joriy yilning 27 sentyabridan beri minglab isroilliklar Sukkot (Chayla bayrami)ni nishonlash bahonasida Al-Aqso masjidiga bostirib kirgan.
Ma’lumot uchun, yahudiylar “Tisha be-Av” deb ataluvchi kunni miloddan avvalgi 586 yil va milodiy 70 yilda Sulaymon ibodatxonasi vayron qilingan kun sifatida nishonlaydi. Ular har yili shu munosabat bilan Masjidul Aqsoga bostirib kiradi. Falastin tomoni esa bu harakatlarni Masjidul Aqsoning tarixiy va huquqiy maqomini buzuvchi amaliyot hamda provokatsiya sifatida baholaydi. Yahudiy bayramlari 12–13 sentyabr kunlari Yangi yil bayrami bilan boshlangan. 21 sentyabr kuni Yom-Kippur, 26 sentyabrdan 2 oktyabrgacha Sukkot (Chayla bayrami), 3 oktyabr kuni esa Simxat Tora – Tavrotni bir yillik o‘qish sikli yakunlanishini nishonlash bayrami o‘tkaziladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq ishg‘olchi Isroilning o‘ta o‘ngchi Milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvir politsiya qo‘riqlovi va ashaddiy yahudiylar hamrohligida ishg‘ol ostidagi Sharqiy Quddusda joylashgan Al-Aqso masjidiga yana bostirib kirgandi.
Live
Barchasi20 Oktyabr