Al-Aqso masjidi 40 kunlik cheklovdan so‘ng qayta ochildi (fotoreportaj)

Olam

image

Sharqiy Quddusdagi Al-Aqso masjidi Isroil tomonidan 40 kun davomida yopilgach, bugun, 9 aprel kuni tongda yana qayta ochildi. Bu haqda “Al Jazeera” xabar berdi.

Qayd etilishicha, masjid ochilgach, uning ichki va tashqi qismi ko‘ngillilar hamda xodimlar tomonidan tozalanib, tartibga keltirilgan. Shundan so‘ng yuzlab falastinliklar tonggi namozni jamoaviy shaklda ado etgan.

Ma’lumot o‘rnida, Isroil joriy yilning 28 fevral kuni masjidga kirishni butunlay taqiqlagandi. Faqat masjid xodimlari va Quddus islom vaqfi rasmiylariga ibodat qilishga ruxsat berilgan, boshqa falastinliklar esa shahar bo‘ylab boshqa masjidlardan foydalangan. Mazkur cheklov masjid tarixida 1967 yildan beri birinchi marta yuz bergan.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroil rasmiylari Eron bilan davom etayotgan harbiy mojaro sabab Al-Aqso masjidida juma namozini ham bekor qilgandi.

Shuningdek, aholisi asosan musulmon bo‘lgan 8 davlat, jumladan, Turkiya, Misr, Iordaniya, Indoneziya, Pokiston, Qatar, Saudiya Arabistoni va Birlashgan Arab Amirliklari Ramazon oyida musulmon ibodat qiluvchilarining Al-Aqso masjidiga kirishiga qo‘yilgan cheklovlarni qoralagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Al-Aqso Quddus qayta ochildi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing