Rasman: BAA va Bahrayn Oq uyda Isroil bilan tarixiy kelishuvni imzoladi

Olam

image

Bahrayn va Birlashgan Arab Amirliklari Isroil bilan munosabatlarni normallashtirish to‘g‘risidagi tarixiy kelishuvni imzoladi. Isroil har ikki arab davlati bilan alohida hujjat imzoladi. Hujjatga Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu, BAA Tashqi ishlar vaziri Abdulla ben Zayd al-Nahayyan va Bahrayn Tashqi ishlar vaziri Abdul Latif az-Zayyoni imzoladi.

Hujjatlarni imzolash marosimi Vashingtonda, Oq uyda AQSH Prezidenti Donald Tramp, uning rafiqasi Melaniya va bir qancha mehmonlar ishtirokida o‘tkazildi.

Marosimda kelishuv uch nusxada – ingliz, yahudiy va arab tilida imholandi. Ingliz tilidagi nusxasiga davlatlar o‘rtasida vositachi bo‘lgan Donald Tramp ham o‘z imzosini qo‘ydi.

Munosabatlarni yaxshilash to‘g‘risidagi kelishuv imzolangach, Tramp, Netanyaxu va ikki arab davlat TIV rahbarlari alohida to‘rt nusxada (ingliz, yahudiy va ikki arab tilida) “Avraam kelishuvi”ni imzoladi.

Bahrayn AQSH vositachiligida erishilgan Avraam shartnomasi doirasida Isroil bilan munosabatlarni normallashtirishga kelishgandi. Qirollik BAA yahudiylar davlati bilan kelishib olgach, shartnomaga qo‘shilgandi.

BAA va Isroil ham Avraam shartnomasi doirasida kelishuvga erishdi. Bu shartnoma sabab Isroil Iordan daryosining G‘arbiy sohilini egallashni ortga surdi. BAA esa mamlakat bilan munosabatlarini butunlay yaxshilashga kelishdi.

Ma’lumot uchun, Isroilni arab davlatlari orasida birinchi bo‘lib 1979 yilda Misr tan olgan. Isroil va Misr o‘rtasida AQSH vositachilik qilgan. 1994 yilda Iordaniya ham qo‘shnisini tan olgan.

Oradan uzoq vaqt o‘tib, 2020 yilda BAA ham Isroilni tan oldi. Vositachi yana AQSH bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp BAA-Isroil Bahrayn-Isroil

Baholaganlar

137

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing