Blinken Netanyaxu bilan yopiq eshiklar ortida muzokara o‘tkazdi

Olam

image

Bugun, 9 yanvar kuni Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Tel-Avivdagi Mudofaa vazirligi majmuasida AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken bilan yakkama-yakka muzokara o‘tkazdi. Bu haqda Bosh vazir devoni ma’lum qildi.

"Bosh vazir Binyamin Netanyaxu Tel-Avivdagi Kiriya majmuasida (Mudofaa vazirligi binosi) AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken bilan yopiq eshiklar ortida uchrashuv o‘tkazmoqda. Keyinroq tor harbiy-siyosiy Vazirlar Mahkamasi a’zolari ishtirokida kengaytirilgan uchrashuv bo‘lib o‘tadi”, deyiladi bayonotda.

Qayd etish joizki, Blinken Isroilga safari avvalida Tashqi ishlar vaziri Israel Kats va Prezident Isxak Gersog bilan gaplashgandi. Blinken Isroil TIV rahbari bilan uchrashuvda G‘azodagi urushdan keyin yahudiy davlati Yaqin Sharq mintaqasi mamlakatlari bilan munosabatlarini yaxshilashi mumkinligini aytdi. Isroil Prezidenti esa Blinkenga Janubiy Afrikaning Isroilni “Genotsid jinoyatining oldini olish va jazolash to‘g‘risidagi konvensiya"ni buzganlikda ayblab, Gaagadagi Xalqaro Sudga bergan da’vosini "dahshatli va kulgili" deb bilishini aytdi.

Eslatib o‘tamiz, Blinken G‘azoda urush boshlangandan beri mintaqaga qilgan to‘rtinchi safari davomida Turkiya, Gretsiya, Iordaniya, Qatar, BAA va Saudiya Arabistonida bo‘lgandi. Bundan tashqari, Blinken G‘arbiy Sohilga ham borishi rejalashtirilgan. Uning Yaqin Sharqqa safari esa Misrga tashrif bilan yakunlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Netan'yaxu Blinken

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made