Blinken Falastin-Isroil mojarosi kengayishi tahdidini e’lon qildi

Olam

image

AQSH Davlat kotibi Entoni Blinkenning fikricha, Falastin-Isroil mojarosi kengayishi mumkin. Bu haqda u Qatar Bosh vaziri Muhammad bin Abdul Rahmon Ol Tani bilan qo‘shma matbuot anjumanida bayonot berdi. 

“Bu osonlikcha metastaz berishi mumkin bo‘lgan mojaro, xavfsizlikning yanada buzilishiga va azob-uqubatlarning kuchayishiga olib keladi”, deydi Blinken. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar boshdanoq mojaro kengayishiga yo‘l qo‘ymaslikka e’tibor qaratgan.  

“Bu mening 7 oktyabrdan beri [Yaqin Sharq] mintaqasiga to‘rtinchi tashrifimning asosiy mavzusi”, deydi AQSH Davlat kotibi. 

Blinkenning so‘zlariga ko‘ra, u tashrifi chog‘ida Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an, Gretsiya Bosh vaziri Kiriakos Mitsotakis, Iordaniya qiroli Abdulla II va Qatar Bosh vaziri bilan bo‘lgan suhbatlarida shu masalani ko‘targan.

“Biz barchamiz bu mojaro kengaymasligini ta’minlash tarafdorimiz”, deya qo‘shimcha qilgan Amerika tashqi siyosat departamenti rahbari. 

4 yanvar kuni Blinken Isroil, Turkiya va bir qancha arab davlatlariga tashriflarni o‘z ichiga olgan Yaqin Sharq bo‘ylab safarini boshladi. 2023 yil dekabrida Axios manbalarga tayanib, Blinken yanvar oyining birinchi haftasida G‘arbiy Sohildagi, shuningdek, Isroil, Iordaniya, Qatar, Birlashgan Arab Amirliklari va Saudiya Arabistoni rasmiylari bilan Yaqin Sharqdagi mojaroni hal qilishni muhokama qilish niyatida ekanligini xabar qildi. 

Eslatib o‘tamiz, 5 yanvar kuni Blinken Istanbulga yetib borgan, ertasi kuni mamlakat Tashqi ishlar vaziri Xoqon Fidan bilan uchrashgan va Prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘an qabulida bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Entoni Blinken

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing