AQSH va Armaniston strategik hamkorlik shartnomasini imzoladi

Olam

image

AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken va Armaniston Tashqi ishlar vaziri Ararat Mirzoyan kecha, 14 yanvar kuni Vashingtonda ikki davlat o‘rtasida strategik hamkorlik to‘g‘risidagi xartiyani imzoladi. Bu haqda AQSH davlat departamenti va Armaniston TIV xabar berdi.

"Bu Armaniston va AQSH munosabatlaridagi asosiy yutuqdir. Biz strategik sheriklik bo‘yicha komissiya tuzmoqdamiz, u bir qator sohalarda – iqtisodiyot, mudofaa, xavfsizlik, demokratiya bo‘yicha hamkorligimizni kengaytirish uchun keng imkoniyatlar yaratadi", dedi Blinken.

Uning so‘zlariga ko‘ra, kelasi hafta chegara xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha maxsus guruh hamkorlikda ish olib borish uchun Armanistonga boradi. U “Burgut hamkori” tashabbusi tinchlikni mustahkamlash va Armaniston chegaralarini himoya qilish yo‘lida davom ettirilishini ta’kidladi.

"Armaniston ham ISHIDga qarshi global koalitsiyaga qo‘shildi", dedi Blinken.

Davlat kotibi ishonch bildirdiki, Armaniston va AQSH o‘rtasidagi strategik sheriklik to‘g‘risidagi xartiya “yanada tinch, xavfsiz va mustaqil Janubiy Kavkazni yaratishga hissa qo‘shadi.

O‘z navbatida, Mirzoyan hujjat Armaniston va AQSH o‘rtasidagi energetika, iqtisodiyot, xavfsizlik va mudofaa sohalarida hamkorlikni tasdiqlashini ta’kidladi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Armaniston Entoni Blinken Ararat Mirzoyan

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing