AQSH va Britaniya elchilari Hukumatni Najmiddinova masalasida chora ko‘rishga chaqiryapti

Jamiyat

image

Xabaringiz bor, o‘tgan hafta oxirida QALAMPIR.UZ Bosh muharriri o‘rinbosari Feruza Najmiddinovaga nisbatan uyushtirilgan tuhmat, ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan videoga AQSHning O‘zbekistondagi elchisi Deniel Rozenblyum va Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisi Tim Torlot Twitter’dagi sahifasi orqali munosabat bildirdi.

Tim Torlot o‘zining joriy yil 8 avgust kuni joylashtirgan tvitida shunday yozadi: 

“Biz QALAMPIR.UZ jurnalisti Feruza Najmiddinovaga qarshi harakatlarni keskin qoralaymiz. Bunday xatti-harakatlarga hech qanday asos yo‘q. Biz ushbu hujum keng miqyosda muhokama qilinganidan xursandmiz”. 

U o‘z so‘ziga #Men_Feruzaman heshtegini ham ilova qiladi. 

AQSH elchisi esa Feruza Najmiddinovaga nisbatan tuhmatni so‘z erkinligiga tahdid sifatida baholaydi. U bugun, 12 avgust kuni joylashtirgan tvitida shunday degan:

“Biz ushbu hafta QALAMPIR.UZ jurnalisti Feruza Najmiddinovaga qarshi qilingan tuhmatli harakatlarni keskin qoralaymiz va boshqalar qatori hukumatni tegishli choralar ko‘rishga undaymiz. Prezident Mirziyoyev ko‘p bora ta’kidlaganidek, uning islohotlari muvaffaqiyatga erishishi uchun so‘z erkinligi kerak”. 

Eslatib o‘tamiz, 7 avgust kuni ijtimoiy tarmoqrlarda QALAMPIR.UZ Bosh muharriri o‘rinbosari Feruza Najmiddinova haqida bo‘hton va tuhmatdan iborat video tarqatildi. Ushbu video avval Najmiddinovaning suratlari joylashtirilib, so‘ng Olmazor city hududidagi uylarning biri bolkonida sodir bo‘lgan erkak va ayol o‘rtasidagi ishqiy munosabat tasvirlari bilan montaj qilingan. Unda ushbu video qahramoni bo‘lgan ayol go‘yo QALAMPIR.UZ jurnalisti Feruza Najmiddinova ekani aytiladi. 

Najmiddinovaning sha’nini toptash, obro‘sizlantirish maqsadida tayyorlangan ushbu video tez orada ijtimoiy tarmoqlardan o‘chirib yuborilishiga erishildi. Kecha holat bo‘yicha aybdorlarni topish va jazolash yuzasidan Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasiga murojaat qilindiIIV"Yuksalish" umummilliy harakatiSenatAOKA va Jurnalistlar ijodiy uyushmasi, mazkur ishni o‘z nazoratiga oldi.  Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik Kengashi raisi Komil Allamjonov, fond raisi o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva, Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva, O‘zbekiston inson huquqlari “Ezgulik” jamiyati raisi Abdurahmon Tashanov, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Feruza Eshmatova, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi raisi o‘rinbosari – Prezident Matbuot kotibi Sherzod Asadov holat yuzasidan bayonot bilan chiqdi. Ijtimoiy tarmoqlarda jurnalist Feruza Najmiddinovani qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan #men_Feruzaman fleshmobi boshlandi.

8 avgust kuni QALAMPIR.UZ huquq-tartibot organlarining aralashuvisiz Olmazor city'da ro‘y bergan nomaqbul holatni kim videoga olganini aniqlab, u bilan muloqot qildi.

9 avgust kuni Feruza Najmiddinovaning sha’nini toptash, uni obro‘sizlantirish maqsadida qilingan tuhmat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Bekmurod Abullayevga ko‘ra, aybdorlarni topish va jazolash IIV uchun "chest" masalasi


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

254

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing