477,9 mlnga “toychoq” xarid qilgan Sirdaryo, AQSH va NATOni ogohlantirgan Putin, “Tolibon”ga qarshi namoyish... Bugun nimalar bo‘ldi?
Tahlil
−
27 dekabr 2021 12580 6 daqiqa
Jamiyat
Buxoroda fuqaro Milliy gvardiya xodimini qasddan mashinada urib ketdi
Joriy yilning 20 dekabr kuni Buxoro viloyatida Milliy gvardiya xodimi xizmat vaqtida mashina urib ketishi oqibatida vafot etdi. Bu haqda O‘zA xabar qildi.
Ma’lum qilinishicha, Milliy gvardiya Qo‘riqlash boshqarmasi safdor xodimlari H.A. va N.O. o‘ziga biriktirilgan hududda xizmatga jalb qilingan. Ular 20 dekabr soat 05:15 atrofida Gazli Neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli “Qumli GTK mobil” yo‘nalishining 34—42-kilometridagi yo‘nalishni qo‘riqlash uchun “Niva” avtomobilida qo‘riqlanadigan hududga boradi.
Surxondaryoda qasamyodini buzgan sud raisi ishdan bo‘shatildi
Sudyalar oliy kengashi yig‘ilishida uch nafar nomzod ilk bor sudyalik lavozimiga tayinlandi, ikki nafar sudya vazifasidan ozod etildi.
Kengash qaroriga ko‘ra:
Soyibjon Abdusamadovich Rahimov – sudyalik lavozimida bo‘lishning besh yillik muddatiga Namangan viloyati Namangan tumanlararo ma’muriy sudining sudyasi lavozimiga;
G‘ayratali Umataliyevich Darvishaliyev – sudyalik lavozimida bo‘lishning besh yillik muddatiga Andijon viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Andijon tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga;
Adilbek Djoldasovich Seytnazarov – sudyalik lavozimida bo‘lishning besh yillik muddatiga Sirdaryo viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Guliston tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga tayinlandi.
Ortiqxo‘jayev uchta tuman hokimini jazolab, uchtasini siyladi
Toshkent shahri hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev tumanlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish reytingiga ko‘ra qator tuman hokimlariga intizomiy jazo qo‘llash va rag‘batlantirish to‘g‘risida qaror qabul qildi.
“Yaxshi” baholangan Mirobod tumani hokimi Shuhrat Po‘latov, Bektemir tumani hokimi Tapil Mahamadziyayev va Yangihayot tumani hokimi Hayot Inog‘omov, ularning o‘rinbosarlari hamda sektor rahbarlari mahalliy byudjetlarning qo‘shimcha manba mablag‘lari hisobidan maoshiga 30 foiz ustama olishdi.
Xorazm viloyati hokimi o‘rinbosarining ukasi yutgan tender bo‘yicha kutilmagan qaror qabul qildi
Xorazm viloyati hokimi Farhod Ermanov 20,4 mlrd so‘m sarflangan Urganch shahridagi “Perinatal markazini qayta ta’mirlash” ob’ektini foydalanishga qabul qilish bo‘yicha hududiy davlat komissiyasi raisini o‘zgartirdi.
Viloyat hokimi qarori bilan Urganch shahridagi “Perinatal markazini qayta ta’mirlash” ob’ektini foydalanishga qabul qilish komissiyasi raisi B.Qurbonov bilan bosh pudratchi tashkilot rahbari o‘rtasida affillanganlik xususiyatiga ega aloqalar mavjud bo‘lganligi sababli, ushbu ob’ektni foydalanishga qabul qilish hududiy davlat komissiyasi raisi qilib, Urganch shahar hokimi O.Xolboyev belgilandi.
Davring keldi surib qol. Sirdaryo hokimligi 477,9 mlnga “toychoq” xarid qildi
Sirdaryo viloyati hokimligi 477 mln 900 ming so‘mga KIA Sorento Comfort avtomobilini xarid qildi. Tegishli shartnoma Davlat xaridlari portaliga joylashtirilgan.
Shartnoma joriy yilning 21 dekabr kuni OOO “Roodell” kompaniyasi bilan tuzilgan. Mashina 10 kun davomida yetkazib berilishi kerak.
Olam
AQSHda Uchinchi jahon urushi boshlanishining birinchi belgisi e’lon qilindi
AQSH Prezidenti Jo Baydenning koinot sohasidagi noto‘g‘ri hisob-kitoblari “jahon urushini boshlash uchun bahona” bo‘lishi mumkin. Bu haqda amerikalik siyosiy sharhlovchi Gordon Chang “Daily Express” gazetasiga bergan sharhida ma’lum qildi.
"Urush boshlanishining dastlabki belgilaridan biri: Qo‘shma Shtatlarning ko‘chirilishi”, degan u nima uchun bunday xulosaga kelganiga aniqlik kiritmasdan.
Uning fikricha, Amerika rahbari Vashingtonning raqobatchilarini zaiflashtirish uchun hech qanday harakat qilmayapti.
“Javob umuman boshqacha bo‘lishi mumkin”. Putin AQSH va NATOni ogohlantirdi
Agar AQSH va NATO Rossiya uchun xavfsizlik kafolatlarini berishdan bosh tortsa, Moskvaning javobi umuman boshqacha bo‘lishi mumkin, bunda variantlarni tanlash harbiy ekspertlarning tavsiyalariga bog‘liq bo‘ladi. Bu haqda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin “Rossiya-1” telekanali efirida aytib o‘tdi.
“Bu juda boshqacha bo‘lishi mumkin. Bu bizning harbiy ekspertlarimiz menga bildiradigan takliflarga bog‘liq”, degan u.
Shu bilan birga, Prezident Rossiya bu boradagi muzokaralarning ijobiy natijalariga erishishga intilishini ta’kidlagan.
“Tolibon” Turkiyaning Qobul aeroporti bo‘yicha bayonotini rad etdi
Afg‘onistonda hokimiyatni qo‘lga olgan “Tolibon” harakati Qobul aeroporti va mamlakatning yana to‘rtta aeroportini doimiy asosda ishlatish bo‘yicha Turkiya va Qatar vakillari bilan muzokaralarni davom ettirmoqda. Bu haqda toliblar tomonidan tayinlangan Afg‘oniston muvaqqat hukumatidagi Transport va fuqaro aviatsiyasi vazirligi Matbuot kotibi Imomuddin Ahmadiy ma’lum qildi va shu orqali tomonlar o‘rtasida kelishuvga erishilgani haqida avval tarqalgan ma’lumotni rad etdi.
“Turk-qatar texnik guruhi payshanba kuni Qobulga yetib keldi va Afg‘oniston Islom Amirligining texnik mutaxassislari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Ushbu maslahatlashuvlar davom etadi va yaqin kelajakda mamlakatimizning milliy manfaatlarini hisobga olgan holda kelishuvga erishiladi”, degan harakat vakili.
Panjsher aholisi “Tolibon”ga qarshi namoyish o‘tkazdi
Afg‘onistonda minglab afg‘onistonliklar Panjsher gubernatorligi binosi oldida “Tolibon” tomonidan begunoh tinch aholi o‘ldirilganiga qarshi namoyish o‘tkazdi. Bu haqda “Tolo News” xabar bermoqda.
Namoyishchilarning aytishicha, toliblar Panjsher viloyatining Anava aholi yashash punktida begunoh bir fuqaroni otib o‘ldirgan. Panjsher Xavfsizlik boshqarmasi boshlig‘i Abdul Hamid Xurosoniy aholidan biri noto‘g‘ri ma’lumot tufayli “Tolibon” tomonidan o‘ldirilganini tasdiqlagan.
“U xavfsizlik kuchlari tomonidan olingan noto‘g‘ri ma’lumotlar asosida o‘ldirilgan. Odamlar norozilik bildirib, gubernatorlik binosi oldiga kelishdi. Islom Amirligi rahbariyati xalqqa bunday harakatlarga yo‘l qo‘ygan har qanday shaxs javobgarlikka tortilishiga va’da berdi”, deyiladi idora rahbari bayonotida.
G‘arb Ukrainada urush qo‘zg‘atib, Rossiyaga to‘nkamoqchi – Lavrov
G‘arb davlatlari Ukrainada “kichik urush” qo‘zg‘atmoqchi, keyin esa hamma narsada Rossiyani ayblamoqchi. Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov shunday fikr bildirdi.
“Men bunday istak shunchaki militaristik kayfiyatni kuchaytirish, kichik urush olib borish va keyin bizni ayblash, raqobatbardoshligimizni bostirish uchun yangi sanksiyalar joriy etish ekanligini istisno qilmayman”, deydi Lavrov.
Sport
Torres Barselonaga yetib bordi
Kecha, 27 dekabr kuni ispaniyalik futbolchi Ferran Torres Barselona shahriga yetib bordi. U “Manchester Siti”dan “Barselona”ga o‘tishni yakunlash arafasida. Bu haqda jurnalist-insayder Fabritsio Romano xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 22 yoshli futbolchi tez orada tibbiy ko‘rikdan o‘tadi va kelishuv yakuniga yetadi.
21 yoshli futbolchi bilan shartnoma 5 yilga mo‘ljallangan bo‘lib, transfer summasi 55 million yevroni tashkil etadi. Qo‘shimchasiga 10 million yevrodan iborat bonuslar ham mavjud.
UFC yilning eng yaxshi nokautlarini e’lon qildi
Aralash jang san’ati MMA’dagi eng nufuzli tashkilot – UFC 2021 yilning eng yaxshi nokautlarini e’lon qildi.
Unga ko‘ra Irji Proxazka (Dominik Reyesga yo‘llagan aylanma tirsak zarbasi, UFC on ESPN 23), Rose Namayunas (Jang Veyliga yo‘llagan “xay-kik”i UFC 261), Ignasio Bagamondes (Ruzvelt Robertsga aylanma “xay-kik”, UFC Vegas 34) va Kamaru Usmanning (Xorxe Masvidalga qarshi “panch”, UFC 261) g‘alabalari yilning eng yaxshi nokautlari sifatida qayd etilgan.
Amerikalik bokschini oila a’zolari ko‘z o‘ngida otib ketishdi
Joriy yilning 24 dekabr kuni professional boksning superog‘ir vaznli bokschisi Denni Kelli (10-3-1) yo‘lda otishmada o‘z ayoli va uch nafar farzandi ko‘z o‘ngida o‘ldirib ketilgan. Bu haqda “Boxing Scene” nashri xabar berdi.
“Hozirda tergovchilar ushbu vaziyatining tafsilotlarini aniqlashga harakat qilmoqda”, deyiladi mahalliy huquq-tartibot idoralari bayonotida.
Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, Kelli tushdan keyin bolalari va rafiqasi bilan Yangi yilga bag‘ishlangan bayramga ketayotganida, noma’lum shaxs amerikalik bokschining mashinasi yoniga kelgan va unga qarata o‘q uzgan. Qayd etilishicha, hujum vaqtida Kellining oila a’zolari jabrlanmagan.
Live
Barchasi