Ortiqxo‘jayev uchta tuman hokimini jazolab, uchtasini siyladi

Jamiyat

image

Toshkent shahri hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev tumanlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish reytingiga ko‘ra qator tuman hokimlariga intizomiy jazo qo‘llash va rag‘batlantirish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

“Yaxshi” baholangan Mirobod tumani hokimi Shuhrat Po‘latov, Bektemir tumani hokimi Tapil Mahamadziyayev va Yangihayot tumani hokimi Hayot Inog‘omov, ularning o‘rinbosarlari hamda sektor rahbarlari mahalliy byudjetlarning qo‘shimcha manba mablag‘lari hisobidan maoshiga 30 foiz ustama olishdi.

Shuningdek, “qoniqarsiz” baholangan Shayxontohur tumani hokimi Abduqahhor To‘xtayev, Uchtepa tumani hokimi Farhod Abdullayev va Sergeli tumani hokimi Elbek Shukurov, ularning o‘rinbosarlari hamda sektor rahbarlariga nisbatan oylik ish haqidan 30 foiz jarima jazosi qo‘llanilgan.

Jahongir Ortiqxo‘jayev sentyabr oyida Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi Shavkatbek Irgashevga, Yunusobod tumani hokimi Jahongir Ibrohimovga va Yangihayot tumani hokimi Hayot Inog‘omovga nisbatan birinchi yarim yillikda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlari kamaytirgani uchun hayfsan bergan edi.

Eslatib o‘tamiz, Sergeli hokimi Elbek Shukurov o‘z imzosi bilan o‘ziga 35 million so‘m ustama belgilagani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Jahongir Ortiqxo'jaev

Baholaganlar

172

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing