“O‘zbekkonsert”ning “qorin og‘rig‘i”, AIBA`dan ketgan Rahimov, deputatlar taklifi va boshqa xabarlar

Jamiyat

16 iyul sanasi ham nihoyasiga yetyapti. Quyida bugunning eng muhim voqealariga to‘xtalib o‘tamiz.

Toshkent shahriga yangi prokuror tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining buyrug‘iga asosan 3-darajali Davlat adliya maslahatchisi Valiyev Bahriddin Bahodirovich Toshkent shahar prokurori lavozimiga tayinlandi.

Qarshi va Shahrisabzga “Afrosiyob” tezyurar poyezdining reyslari nega bekor qilinmoqda?

Joriy yilning 23 iyul kuni “Samarqand – Qarshi” uchastkasi oralig‘ida profilaktika ishlari o‘tkaziladi. Shu munosabat bilan “Toshkent – Qarshi” yo‘nalishida harakatlanadigan 758/757-sonli “Afrosiyob” elektropoyezdi shu kuni o‘z qatnovini Toshkentdan Samarqandgacha amalga oshiradi.

G‘afur Rahimov AIBA'ga qaytmasligini e’lon qildi

Joriy yilning 2 noyabrida Xalqaro boks assotsiatsiyasi (AIBA) rahbari etib saylangan G‘afur Rahimov tashkilotning ushbu vakolatini qaytarib topshirdi. Xabaringiz bor G‘afur Rahimov mart oyida Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi bosimi ostida Xalqaro boks assotsiatsiyasi rahbarligidan iste’foga chiqqani to‘g‘risida maxsus bayonot bilan chiqqan edi. Ammo, u tashkilot nizomiga ko‘ra, bir yil ichida saylovlarsiz yana o‘z o‘rniga qaytishi mumkin edi.

O‘zbekistonliklar tunda Oy tutilishiga guvoh bo‘ladi

16-iyuldan 17-iyulga o‘tar kechasi Oyning qisman tutilishi sodir bo‘ladi. Bu tutilish dunyo vaqti bilan soat 21:31 da boshlanadi, bu paytda O‘zbekistonda 17 iyul tungi soat 02:31 bo‘ladi.

Shahobiddin Zoirov terma jamoaning asosiy tarkibiga qaytmoqda

Joriy yilning 20-27 iyul kunlari Taylandning Bangkok shahrida boks bo‘yicha xalqaro musobaqa bo‘lib o‘tadi. Jahonning yetakchi mamlakatlaridan tashrif buyuradigan charm qo‘lqop ustalari qatori O‘zbekiston terma jamoasi ham ushbu turnirda deyarli asosiy tarkib bilan ishtirok etadi.

Hukumatning yana bir qarori amalga oshmay o‘zgartirildi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga respublika oliy sport mahorati maktablari va maktab-internatlarining faoliyatini tartibga solish tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi.

O‘zgartirishlarga muvofiq 2020/2021 o‘quv yilida Ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati huzurida Olimpiya zaxiralari markazlari tashkil etiladi. Avvalboshdan ularni 2019/2020 o‘quv yilida tashkil etish rejalashtirilgandi.

Video: Attraksion sinishi natijasida 2 kishi halok bo‘ldi

Hindistonda istirohat bog‘idagi attraksionning sinishi natijasida ikki kishi halok bo‘ldi va 27 kishi turli darajada jarohatlandi. Baxtsiz hodisa Gujarot shtatining Ahmadobod shahrida sodir bo‘ldi. Halokat natijasida attraksiondagi odamlar yiqilib tushgan. Natijada, kamida 15 kishi og‘ir jarohat olgan.

Deputatlar avtomobillar oynasini to‘sish bo‘yicha taklif kiritdi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari Abdurashid Abduqodirov, Rasul Kusherboyev, Bekzod Ortiqov, Jamshid Pirmatov avtomobillar oynalarini parda bilan to‘sishga ruxsat berish bo‘yicha taklif kiritdi.

Eng sovrindor futbolchi uchun APLning ikki klubi davogar

36 yoshli braziliyalik futbolchi Dani Alvesh o‘z faoliyatini Angliya Premer ligasida davom ettirishi mumkin. Ma’lum bo‘lishicha, ayni paytda o‘ng qanot himoyachisiga Londonning “Arsenal” va “Manchester Siti” klublari jiddiy qiziqish bildirmoqda. 

Beyl Madriddan ortga qaytishi mumkin

Madridning “Real” klubi hujumkor yarim himoyachisi Garet Beyl Londonning “Tottenhem” klubiga qaytib ketishi mumkin. Xabaringiz bor, Uels terma jamoasi futbolchisi “Tottenhem” safida 2007/13 yillarda to‘p surgan edi. Londonliklar rahbariyati sobiq futbolchisi uchun “qirollik klubi”ga 60 mln yevro taklif qilmoqda. Futbolchi va ispan grandi o‘rtasida tuzilgan shartnoma 2022 yilning yoziga qadar amal qiladi.

“O‘zbekkonsert”ning “qorin og‘rig‘i” deb “Million”ning konsertlari qoldiriladimi?

“O‘zbekkonsert” davlat muassasasi “Million” jamoasiga 187.727.980 so‘m qarzdorlik bo‘yicha to‘lovlarni joriy yilning 16 iyuliga qadar amalga oshirmasa, jamoa bilan tuzilgan litsenziya shartnomasi bekor qilinishi bo‘yicha rasmiy ogohlantirish xati yuborgani haqida xabar bergan edik.

“O‘zbekkonsert”ning to‘satdan bunday ogohlantirish bilan chiqishi va 187 millionlik boj haqida shu kungacha miq etmagani shubhali, albatta. 

Turkiyaga YeI sanksiyalari tahdid solyapti

Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirlari Turkiya Respublikasiga qarshi sanksiyalar joriy qilishni ma’qulladi. Bunga Turkiyaning Kipr maxsus iqtisodiy zonasida (MIZ) uglevodorod konlarida razvedka ishlarini olib borayotgani sabab bo‘ldi. 

O‘zbekistondagi QQS Rossiyada shakar narxiga jiddiy ta’sir qildi

Rossiyada joriy yilning iyun oyida shakarning ulgurji narxi o‘tgan yilning noyabr oyiga nisbatan 27,5 foizga tushib ketdi. Noyabr oyida uning narxi tushishni boshlagandi. O‘shanda 1 kg shakar 37 rubl turgan, iyunga kelib 26,9 rubl bo‘lgan. Rossiya Shakar ishlab chiqaruvchilari ittifoqi ma’lumotlari shundan darak bermoqda.

O‘zbekistonda yer silkinishi qayd etildi

Bugun, 16 iyul kuni Toshkent vaqti bilan soat 15:45da Qirg‘izistonda yer silkinishi qayd etildi. Koordinatalar 40,15 gradus shimoliy kenglik, 71,21 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=4,3. Chuqurlik h=30 km. 

Urgutda ayol tug‘ruq vaqtida vafot etganmidi?

Samarqand viloyatining Urgut tumanida 21 yoshli homilador ayol tug‘ruq vaqtida vaoft etgani haqida xabarlar tarqaldi. 

Bugun, 16 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Urgutdagi voqea bo‘yicha rasmiy ma’lumot berdi. Unga ko‘ra, Marhuma Ergasheva Sabina Abdurahim qizi 1998 yil 9 fevralda Urgut tuman Jartepa mahallasi Erniyoz qishlog‘ida tug‘ilgan. U Samarqand davlat chet tillar instituti ingliz tili filologiyasi fakulteti 2-kursini tugatgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

18

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing