Japarov xavotirda. U Putin, To‘qayev va Pashinyanga qo‘ng‘iroq qildi

Olam

image

Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev, shuningdek, Rossiya Prezident Vladimir Putin va Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan bilan Qozog‘istondagi mavjud vaziyatni muhokama qildi. Bu haqda bugun, 6 yanvar kuni Qirg‘iziston davlat rahbari Matbuot xizmati xabar berdi. 

"Prezident Kollekttiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (ODKB)ga a’zo davlatlar rahbarlari bilan telefon orqali muloqot qildi. Davlat rahbari Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev, Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan, shuningdek, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin telefon orqali muloqot o‘tkazdi. Davlat rahbarlari Qozog‘iston Respublikasidagi mavjud vaziyatni muhokama qildilar”, deyiladi xabarda. 

Matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Japarov “qo‘shni davlatdan insonlar qurbon bo‘lgani, ko‘plab talon-taroj va talonchilik holatlari hamda boshqa zo‘ravonlik faktlari to‘g‘risida kelayotgan ma’lumotlardan” xavotir bildirgan. 

“Tomonlar inqirozli vaziyatlarga javob berish bo‘yicha KXSHT nizomi asosida xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha yagona pozitsiyani muhokama qildilar”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (ODKB) mamlakatga cheklangan muddatga tinchlikparvar kuchlarni kiritish xususida qaror qabul qilgandi. 

KXSHTga Belarus, Rossiya, Armaniston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Qozog‘iston a’zo.

Qozog‘istonda namoyishlar 

Qozog‘istonda norozilik aksiyalari yangi yilning ilk kunlaridan boshlandi. Janaozen shahrida avtomobil egalari suyultirilgan gaz narxi 120 tengega (qariyb 3 ming so‘m) ko‘tarilganidan norozi bo‘lib, ommaviy mitingga chiqdi. Tobora olovlangan namoyishlar ortidan Hukumat komissiyasi Aqtau shahridagi “Intimak” maydonida namoyishchilar bilan uchrashgan. Uchrashuv davomida suyultirilgan gaz narxini pasaytirish va Mang‘istau viloyatida gaz narxini litri uchun 50 tenge etib belgilash to‘g‘risida qaror qabul qilingan.    

Muzokara davomida tomonlar barcha yuzaga kelayotgan muammolarni konstruktiv muloqotning asosiy oqimida va amaldagi qonunchilik doirasida hal qilishga kelishib olgan.    

Shuningdek, miting ishtirokchilari javobgarlikka tortilmasligiga ham kafolat berilgandi. Lekin, 5 yanvar kuni Qozog‘iston huquq-tartibot idoralari mamlakatning bir qancha viloyatlarida sodir etilgan noqonuniy harakatlar chog‘ida jamoat tartibini buzganlik uchun 200 dan ortiq kishini qo‘lga oldi.  

5 yanvar kuni, shuningdek, Qozog‘istonning amaldagi Hukumati iste’fo berdi. Prezident Qosim-Jomart To‘qayev Hukumat iste’fosini qabul qildi. Shuningdek, Qozog‘istonning Birinchi Prezidenti - Elboshi Nursulton Nazarboyev Qozog‘iston Xavfsizlik kengashi raisi lavozimidan ketdi. Uning o‘rnini Prezident To‘qayev egalladi.

Shuningdek, Milliy xavfsizlik qo‘mitasi raisi Karim Masimov lavozimidan ozod etildi. Uning o‘rnini Ermek Sagimbayev egalladi.

To‘qayev mamlakatdagi norozilik vaziyatiga Hukumat, xususan, Energetika vazirligi, shuningdek, “Kazmunaygaz” va “Kazakgaz” kompaniyalarini aybladi.

Prezident Respublika davlat qo‘riqlash xizmati rahbari etib tayinlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.


Maqola muallifi

Teglar

Sadir Japarov Qozog'istondagi vaziyat

Baholaganlar

293

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing