Janubiy Koreya prezidenti hibsga olindi

Olam

image

Huquq-tartibot idoralari Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yolni fitna ishi bo‘yicha hibsga oldi. Bu haqda yuqori mansabdor shaxslarning korrupsiyaga qarshi tergov departamenti xabar berdi.

"Mahalliy vaqt bilan soat 10:33da prezident Yun Sok Yolni hibsga olish orderi ijro etildi", deyiladi xabarda.

Yun Sok Yol fitnachilar yetakchisi sifatida isyonni uyushtirganlikda gumon qilinmoqda.

Janubiy Koreya prezidentining advokatlari Yun Sok Yol 15 yanvar kuni Korrupsiya bo‘yicha bosh tergov boshqarmasi tergovchilari tomonidan so‘roq qilinishini aytdi. Yunning o‘zi ham “qon to‘kilmasligi” uchun so‘roqqa borishga rozi bo‘lganini qo‘shimcha qildi.

Shu bilan birga, prezident unga nisbatan olib borilayotgan tergovni noqonuniy deb atadi.

O‘z navbatida, mamlakatning eng yirik muxolifat kuchi – "Toburo" demokratik partiyasi Yunning hibsga olinishini “demokratiya va qonun ustuvorligini tiklash yo‘lidagi birinchi qadam” deb atadi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning 3 dekabr kuni kechqurun Yun Sok Yol Janubiy Koreyada harbiy holat e’lon qilgan edi. Ammo bu holat taxminan olti soatdan keyin bekor qilindi. Shundan so‘ng, 14 dekabr kuni Yun Sok Yolga nisbatan impichment e’lon qilindi. Oqibatda uning vakolatlari to‘xtatildi.

Birlashgan tergov guruhi 14 dekabr kuni parlamentda impichment e’lon qilinganidan keyin vakolatlari to‘xtatilgan Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yolni hibsga olishga order berish uchun Seul sudiga murojaat qilgandi. Janubiy Koreya sudi tergovchilarning iltimosini qanoatlantirib, Yun Sok Yolni hibsga olishga order berdi. Orderga ega tergovchilar 3 yanvar kuni mamlakat tarixida birinchi marta prezident qarorgohiga uni hibsga olish maqsadida yetib borgan,  ammo tergovchilar Yun Sok Yolni hibsga olish bo‘yicha bo‘lgan besh soatlik qarama-qarshilikdan so‘ng unga qarshi order ijrosini to‘xtatishga qaror qilgan. 7 yanvar kuni Janubiy Koreya sudi mamlakat prezidenti Yun Sok Yolni hibsga olish uchun yana order berdi.


Maqola muallifi

Teglar

Janubiy Koreya Yun Sok Yol'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing