Janubiy Koreyada 10 yildan beri ilk bor vabo qayd etildi

Olam

−

image

Janubiy Koreyada 2016 yildan beri birinçi marta vabo kasalligi aniqlandi. Mamlakat soğliqni saqlaş idoralari aholini ehtiyot çoralariga rioya qiliş, faqat xavfsiz suv iste’mol qiliş va oziq-ovqat mahsulotlarini yaxşilab yuvişga çaqirdi. Bu haqda “Associated Press” xabar berdi.

Qayd etilişiça, Janubiy Koreya kasalliklarni nazorat qiliş va profilaktika agentligi mamlakat janubi-şarqidagi Çangvon port şahridagi şifoxonaning şoşilinç tibbiy yordam bölimiga murojaat qilgan bemorda vabo kasalligini tasdiqlagan. Unda qayt qiliş va iç ketişi alomatlari kuzatilgan.

Bemorning şaxsi oşkor etilmagan. U joriy yilning 17 noyabr kuni soğayib, şifoxonadan çiqarilgan. Ma’lum bölişiça, u sönggi 2 oy davomida xorijga safar qilmagan. Hozirda mutaxassislar infeksiya manbasini va bemor bilan aloqada bölgan şaxslarni aniqlaşga harakat qilmoqda.

Mamlakatda bunga qadar vabo holati 2016 yilda qayd etilgan bölib, öşanda ifloslangan dengiz mahsulotlari sabab bölgani taxmin qilingan 3 ta holat aniqlangan. 2001 yilda esa mamlakatda kasallikning yirik tarqalişi kuzatilib, kamida 162 kişi kasallangan.

Vabo asosan ifloslangan suv va oziq-ovqat orqali yuqadi. Şuningdek, kasallangan odamning axlati yoki qusuği bilan aloqa qiliş orqali ham tarqalişi mumkin. Kasallikning eng köp uçraydigan belgisi iç ketişi bölib, oğir holatlarda organizm suvsizlanişi va şok holati yuzaga kelişi mumkin. Öz vaqtida davolanmasa, bu ölimga ham olib kelişi ehtimoli bor.

Şu munosabat bilan soğliqni saqlaş idoralari aholiga faqat xavfsiz suv içiş, taomlarni yaxşilab pişiriş, meva va sabzavotlarni yuviş hamda pöstini arçişni tavsiya qildi. Tibbiyot muassasalariga esa kasallikka şubha qilingan holatlarni zudlik bilan tekşiriş va tegişli idoralarga xabar beriş topşirildi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Rossiya hukumati Jahon soğliqni saqlaş taşkilotiga Sibirning Irkutsk şahrida ölat ilmiy-tadqiqot instituti laboranti vafot etganidan söng ölat holatlari qayd etilmaganini ma’lum qilgan edi.  


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing