Janubiy Koreyada avtobus 32 ta transport bilan töqnaşdi (video)
Olam
−
11:43 326 1 daqiqa
Janubiy Koreyaning Sonnam şahrida yölovçi avtobusi svetoforda töxtab turgan 32 ta transport vositasiga urildi. Ertalabki tirbandlik vaqtida sodir bölgan YTH oqibatida 48 kişi jarohatlandi, ulardan olti nafarining ahvoli oğir. Bu haqda “Yonhap“ agentligi xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, hodisa bugun, 11 noyabr kuni soat 07:34 da Seul şahri janubidagi Sonnam şahrining Bundang tumanida yuz bergan. 60 yoşlardagi erkak boşqaruvidagi şahar avtobusi svetoforda kutib turgan törtta avtobus, bir yuk maşinasi va 27 ta yengil avtomobilga urilgan. Şundan söng, avtobus yöl çetidagi tösiqqa borib urilib, töxtagan.
Töqnaşuvda 48 kişi jarohatlangan. Ulardan olti nafari oğir tan jarohatlari olgan, biroq heç bir jabrlanuvçining hayoti xavf ostida emas.
Politsiya ma’lumotiga köra, avtobus haydovçisi mast bölmagan. U tormoz tizimi işlamay qolganini aytgan. Ayni paytda tergovçilar avariyaning aniq sabablarini örganmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞning Los-Anjeles şahri Şimoliy Gollivud hududida avtomobil metro bekati yaqinida piyodalar va köça savdogarlari guruhini urib ketgan edi. Hodisa oqibatida uç kişi halok bölib, kamida yana uç kişi oğir ahvolda şifoxonaga yotqizilgan.
Live
Barchasi