Los-Anjelesda avtomobil piyodalar va köça savdogarlarini urib yubordi. Qurbonlar bor

Olam

−

image

AQŞning Los-Anjeles şahri Şimoliy Gollivud hududida avtomobil metro bekati yaqinida piyodalar va köça savdogarlari guruhini urib ketdi. Hodisa oqibatida uç kişi halok böldi, kamida yana uç kişi oğir ahvolda şifoxonaga yotqizildi. Bu haqda ABC7 telekanali xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, hodisa keça, 10 noyabr kuni tuşdan keyin, mahalliy vaqt bilan soat 17:55 atrofida Şimoliy Gollivuddagi Lankerşim bulvarining 5300-blokida, Çandler bulvari yaqinida sodir bölgan. Dastlabki ma’lumotlarga köra, oq rangli avtomobil metro bekati yaqinidagi piyodalar yölagiga çiqib ketib, u yerdagi odamlarni urib yuborgan. Töqnaşuvning aniq sabablari hozirça ma’lum emas.

Los-Anjeles yonğin xavfsizligi boşqarmasi ma’lumotiga köra, uç kişi voqea joyida vafot etgan deb e’lon qilingan. Yana kamida uç nafar jabrlanuvçi oğir ahvolda şifoxonaga olib ketilgan.

Politsiya xabariga köra, avtomobilni boşqargan, taxminan 60 yoşlardagi erkak ham oğir ahvolda şifoxonaga yotqizilgan. Uni maşina içidan qutqaruvçilar çiqarib olgan. Haydovçi huşida bölgan, biroq kuçli ruhiy zarba olgan holatda ekani aytilgan. Hodisa vaqtida avtomobil janub tomon harakatlangan.

Los-Anjeles meri Karen Bass ham hodisa yuzasidan bayonot bergan. Uning sözlariga köra, avtomobil metro bekati yaqinidagi piyodalar yölagiga çiqib ketib, köça savdogarlari va piyodalarni urgan. Mer halok bölganlarning yaqinlariga hamdardlik bildirib, şahar xizmatlari hodisa sabablarini aniqlaş uçun huquq-tartibot idoralari bilan hamkorlik qilayotganini ma’lum qilgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞning Şimoliy Karolina ştatida avtomobil 30 nafar velosipedçidan iborat guruhni urib yuborgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing