Janubiy Koreyada özbekistonlik talaba qariyb 1,5 yilga qamaldi

3-sahifa

−

image

Janubiy Koreyada Suriyadagi terrorçilik taşkilotini moliyalaştirgan özbekistonlik talaba 1 yil-u 4 oyga qamaldi. Bu haqda “Yonhap” agentligi xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, Özbekiston fuqarosi Janubiy Koreyaga universitet qoşidagi til markazida tahsil oliş uçun D-4-1 vizasi bilan kelgan va mamlakatda talaba sifatida yaşab kelgan. Şu vaqt davomida u BMT tomonidan terrorçilik taşkiloti deb belgilangan KTJ (Katiba at-Tavhid val-Jihod) guruhi a’zosi bilan aloqaga çiqqan.

Sud ma’lumotlariga köra, u 2024 yil yanvaridan 2025 yil yanvarigaça terrorçilik taşkiloti a’zosi körsatgan hisob raqamiga olti marta pul ötkazgan. Jami yuborilgan mablağ 1,25 million vonni taşkil etgan.

Bundan taşqari, taşkilot a’zosi undan Janubiy Koreyada yaşovçi boşqa bir şaxs yuboradigan pulni qabul qilib, Suriyaga jönatişda yordam berişni söragan. Ayblanuvçi bu mablağni qabul qilişga uringan, biroq pulni oliş amalga oşmagan.

Sud ayblanuvçining terrorçilik taşkilotini moliyalaştirayotganini bilgan holda pul yuborganini va uning faoliyatini qöllab-quvvatlaganini bildirgan. Sudya bunday mablağlar terrorçilik taşkilotining faoliyatini davom ettirişi uçun muhim ekanini, pul miqdoridan qat’i nazar, bu harakatlar xalqaro tinçlik, davlat va jamoat xavfsizligiga tahdid solişini aytgan.

Şu bilan birga, sud ayblanuvçining qilmişini tan olganini jazo tayinlaşda inobatga olgan. Unga 1 yil-u 4 oy qamoq jazosi tayinlanib, 1,25 million von miqdoridagi mablağni undiriş haqida ham qaror çiqarilgan.

Ma’lumot uçun, KTJ 2014 yil dekabr oyida taşkil etilgan ekstremistik guruh hisoblanadi. U 2015 yil sentyabr oyida Suriyaning Al-Fua hududida sodir etilgan avtomobil portlaşi, 2016 yil avgustda Qirğizistondagi Xitoy elçixonasiga uyuştirilgan xudkuşlik hujumi hamda 2017 yil aprel oyida Rossiyaning Sankt-Peterburg şahridagi metroda sodir etilgan portlaş ortida turganlikda gumon qilingan.

Taşkilot a’zosi ayblanuvçiga özini ham Özbekiston fuqarosi deb taniştirgan. Şuningdek, KTJ Suriyadagi hukumat qöşinlari va Rossiyaga qarşi jang olib borayotganini aytgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Rossiyaning Vladivostok şahrida erkakni beysbol tayoqçasi bilan urib, oğir jarohat yetkazgan Özbekiston fuqarosi 5 yilga ozodlikdan mahrum qilingandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing