Novosibirskda Jeep Özbekiston fuqarosini urib yubordi
3-sahifa
−
09:48 887 2 daqiqa
Rossiyaning Novosibirsk şahrida piyodalar ötiş joyidan ötayotgan Özbekiston fuqarosini Jeep avtomobili urib yubordi. YTH oqibatida jarohatlangan fuqaro şifoxonaga yotqizilib, uning holati Özbekiston Boş konsulxonasi nazoratiga olindi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.
Qayd etilişiça, joriy yilning 9 noyabr kuni Özbekistonning Novosibirsk şahridagi Boş konsulxonasiga uşbu şaharda sodir bölgan YTH oqibatida jabrlangan fuqaro G.K. töğrisida ma’lumot kelib tuşgan. Mazkur holat yuzasidan Boş konsulxona konsullik xodimi va Migratsiya agentligining hududiy vakili zudlik bilan fuqaro yotqizilgan 2-sonli şahar tez yordam şifoxonasiga taşrif buyurgan.
Aniqlanişiça, fuqaro Novosibirsk şahri Visotskiy köçasi 42-uy yonidagi piyodalar ötiş joyidan ötayotgan vaqtida qora rangli Jeep rusumli yengil avtomobili tomonidan urib yuborilgan. Haydovçining özi tez yordam xizmatini çaqirib, jabrlanuvçiga birinçi tibbiy yordam körsatilişini ta’minlagan.
Tibbiy taşxisga köra, fuqaroning singan suyaklari bitguniga qadar uni köçirişga qarşi körsatmalar mavjud.
Boş konsulxona tomonidan fuqaroga yetkazilgan zararni qoplaş hamda uşbu holat yuzasidan qonuniy tartibda jabrdor maqomini berişni sörab Rossiya TIVning Novosibirsk şahridagi vakolatxonasiga rasmiy nota yuborilgan. Ma’lum qilinişiça, mazkur holat Boş konsulxonaning qat’iy nazorati ostida.
Live
Barchasi