Peterburgda çemodandan özbekistonlik ayolning jasadi topildi

3-sahifa

−

image

Rossiyaning Sankt-Peterburg şahrida çemodan içidan özbekistonlik ayolning jasadi topildi. Qotillikda ayolning 15 yoşli öğli gumonlanmoqda. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

Qayd etilişiça, Özbekistonda tuğilgan ayol Sankt-Peterburgda farroş bölib işlagan. U joriy yilning 1 noyabr kuni oxirgi marta işga borganidan keyin bedarak yöqolgan. Şundan söng, uning yaqinlari ayol bilan boğlana olmagan.

Huquqni muhofaza qiluvçi organlar vakiliga köra, ayol telefon qönğiroqlariga javob bermagan, biroq SMS orqali yozişmalarni davom ettirgan. U xabarlarda qayerdaligi yoki kim bilan ekani haqida ma’lumot bermagan. Ayolning opasi uning yöqolgani yuzasidan politsiyaga ariza bilan murojaat qilgan.

Marhuma ijaraga olingan xonadonda öğli bilan birga yaşagan. Öğil esa maktabga onasi nomidan yozilgan, kasalligi sabab darslarga bormasligi haqidagi xatni olib borgan.

IIV ma’lumotlariga köra, joriy yilning 2 noyabr kuni maktab öquvçisi va uning onasi örtasida janjal kelib çiqqan va kelişmovçilik davomida ösmir ayolni böğib öldirgan.

“Baza”ning qayd etişiça, ösmir ilgari ham onasi bilan doimiy ravişda janjallaşib kelgan. REN TVning aniqlik kiritişiça, keskin munosabatlarga çekiş sabab bölgan. Qotillik bilan yakunlangan janjal ham aynan şu masala yuzasidan yuz bergan. Ayol navbatdagi marta öğlini zararli odatdan voz keçişga köndirişga uringan va unga veyp çekişni taqiqlagan. Bunga javoban maktab öquvçisi unga hujum qilgan.

“Janjal paytida yigit ayolga taşlanib, uni poyabzal iplari yordamida böğib öldirgan. Şundan söng, u jasadni butunligiça çamadonga joylaştirib, ekotropaga yaşirib qöygan”, deb yozgan edi “Life”.

“Baza”, şuningdek, huquq-tartibot idoralari xodimlari onasini qidirayotgan bir paytda, ösmir özini uning qayerga ğoyib bölganini bilmaslikka olib yurgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekistonda voyaga yetmagan qizga nisbatan jinsiy tajovuzda gumonlanib, davlatlararo qidiruvga berilgan Özbekiston fuqarosi Rossiyaning Astraxan viloyatida uşlangani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing