Özbekiston bilan öyin oldidan Saudiya Janubiy Koreyani mağlub etdi

Sport

−

image

Keça, 13 noyabr kuni FIFA kunlari doirasida bir qator örtoqlik uçraşuvlari bölib ötdi. Unda Özbekiston milliy terma jamoasining navbatdagi raqibi Saudiya Arabistoni Dohada Janubiy Koreyaga qarşi maydonga tuşib, 3:2 hisobida ğalaba qozondi.

Uçraşuvda hisobni birinçi bölib saudiyaliklar oçdi. As-Sahofiy birinçi bölimga qöşib berilgan 2-daqiqada jamoasini oldinga olib çiqdi. Ikkinçi bölim boşida, 48-daqiqada O Hyon Gyu hisobni tenglaştirdi. 56-daqiqada Kanno Saudiya Arabistonini yana oldinga olib çiqqan bölsa, 59-daqiqada Al-Amri ustunlikni ikkita golga yetkazdi. 68-daqiqada Li Je Son Janubiy Koreyaning ikkinçi golini kiritdi. Qolgan daqiqalarda hisob özgarmadi.

Ma’lumot uçun, Özbekiston milliy terma jamoasi sönggi ikki uçraşuvda mağlubiyatga uçradi. Dastlab, joriy yilning oktyabr oyida Janubiy Koreya terma jamoasi öz maydonida Fabio Kannavaro şogirdlarini 2:0 hisobida mağlub etgan bölsa, 12 noyabr kuni Rossiya terma jamoasi Toşkentda kambek evaziga 3:2 hisobida “oq börilar” ustidan ğalaba qozondi.

Eslatib ötamiz, endilikda Saudiya Arabistoni terma jamoasi joriy yilning 17 noyabr kuni Özbekiston milliy terma jamoasiga qarşi örtoqlik uçraşuvida maydonga tuşadi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing