Zelenskiy Putinni muzokaralar stoliga taklif qildi

Olam

image

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya yetakchisi Vladimir Putin bilan shaxsan uchrashish niyatida ekanligini ma’lum qildi. Muzokaralar mavzusi, Donbassdagi vaziyat bo‘lishi kerak. Davlat rahbarining aytishicha, Kiyev mintaqada yangi o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga yaqin turibdi. Bu haqda “Euronews” xabar berdi.

“Men allaqachon Prezident ma’muriyati rahbari Andrey Yermakga o‘zaro kelishuvga erishib, biz uchrashishimiz mumkin bo‘lgan shartlar, joy yoki shaharni kelishib olish Prezident Putin ma’muriyati bilan bog‘lanishni topshirdim”, degan Zelenskiy.

Shuningdek, Zelenskiy Donbassdagi vaziyat bo‘yicha muzokaralar formatini o‘zgartirish va ularga AQSH, Buyuk Britaniya va Kanadani jalb qilishga chaqirgan edi. Bu davlatlarning ishtiroki, Prezidentning fikricha, tinch yo‘l bilan hal etish jarayonini tezlashtirishi mumkin.

Kremlda Normand formatini qayta ko‘rib chiqish g‘oyasi salbiy qabul qilindi. Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov buni “qiyin vaziyatda” “xatarli qo‘ng‘iroq” deb atadi. 

“Bu Ukraina Minsk jarayonini o‘zgartirishni xohlayotganining namoyishi va unga chek qo‘ymasdan, uni o‘zgartirishning iloji yo‘q”, degan u.

Avvalroq Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Ukraina bilan muzokara boshlash uchun ukrain harbiylari qurollarini tashlashi kerakligini aytgandi.

Rossiyaning Ukrainaga bosqini

Joriy yilning 21 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Kremlda Ukraina sharqidagi o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan Lugansk xalq respublikasi (LXR) va Donetsk xalq respublikasini (DXR) tan olish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Keyinroq RF respublikalarni shu nomdagi viloyatlar chegaradagi tan olganini ta’kidlab, Ukrainaga qarshi urush xavfini oshirib yubordi.

Putinning favqulodda qarori ortidan AQSH, YeI, Kanada, Avstraliya, Buyuk Britaniya va Yaponiya rasmiylari ham Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritdi.

24 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukraina sharqida Donbassda rus harbiylari "maxsus harbiy operatsiya" boshlaganini e’lon qildi va rus qo‘shinlari Ukrainaga hujum boshladi. Putin bu harakatini Ukraina sharqidagi rossiyaparast separatist kuchlar rahbarlari shunday so‘rov yuborgani bilan oqladi.

Buning ortidan Zelenskiy Rossiya fuqarolariga rus tilida murojaat qilib, ukrainlarga “na sovuq, na issiq, na gibrid urush kerak emas”ligini, ukrainlar hujumchilarni kutib olishga tayyorligini bildirdi. Ko‘p o‘tmay Prezident Rossiya bilan diplomatik aloqani uzdi.

Rus qo‘shinlari dastlab Kiyev va Xarkovga raketa hujumi uyushtirdi. Prezident Zelenskiy mamlakatda harbiy holat e’lon qildi. Shuningdek, rasmiy idora rus qo‘shinlari Xarkov va Odessa viloyatiga kirib borganini bildirdi.

Hujum boshlanganidan ko‘p o‘tmay, LXR Ichki ishlar vaziri maslahatchisi Vitaliy Kiselev Schaste va Stanitsa shaharchalari LXR nazoratiga o‘tganini e’lon qildi.

Ukrainaga hujum boshlanishi Rossiya iqtisodiga og‘ir zarba berdi. Rus kompaniyalari aksiyalari keskin arzonlashdi, Moskva birjasida savdolar mislsiz darajada pasayish bilan o‘tdi. Gazprom, LUKOYL va boshqa yirik kompaniyalar yo‘qotishlarga uchradi.

25 fevral kuni Zelenskiy Ukrainada umumiy harbiy safarbarlik e’lon qildi. Armiyaga chaqiruv mamlakatning qator viloyat va shaharlarida amalga oshirilishi belgilandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

18

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing