YeI yuzma-yuz muloqotdan uzoqlashishga harakat qilmoqda – Lavrov

Olam

image

Yevropa Ittifoqi noqonuniy sanksiyalar yo‘lini tanlab, yuzma-yuz muloqotdan uzoqlashishga harakat qilmoqda. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Qurolsizlanish bo‘yicha konferensiya sessiyasida videomurojaat ko‘rinishida so‘zlagan nutqida aytib o‘tdi.

"Men Qurolsizlanish bo‘yicha konferensiyada nutq so‘zlaganimdan xursandman. Jenevada bo‘lganimda buni jonli ravishda amalga oshirishga umid qilgandim. Biroq, Yevropa Ittifoqi insonning asosiy huquqlaridan biri – erkinlik huquqini hurmat qilishdan bosh tortgani uchun buning imkoni bo‘lmadi”, deydi Lavrov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi davlatlari bir tomonlama noqonuniy sanksiyalar yo‘lini tanlab, yuzma-yuz muloqotdan, keskin xalqaro muammolarga siyosiy yechim topishga yordam beradigan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalardan uzoqlashishga harakat qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Sergey Lavrovning BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashi sessiyasi va Qurolsizlanish bo‘yicha konferensiyasida ishtirok etish uchun Jenevaga tashrifi Yevropa Ittifoqining bir qator davlatlari uning samolyoti parvozini taqiqlagani sababli bekor qilingandi.

Rossiyaning Ukrainaga bosqini

Joriy yilning 21 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Kremlda Ukraina sharqidagi o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan Lugansk xalq respublikasi (LXR) va Donetsk xalq respublikasini (DXR) tan olish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Keyinroq RF respublikalarni shu nomdagi viloyatlar chegaradagi tan olganini ta’kidlab, Ukrainaga qarshi urush xavfini oshirib yubordi.

Putinning favqulodda qarori ortidan AQSH, YeI, Kanada, Avstraliya, Buyuk Britaniya va Yaponiya rasmiylari ham Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritdi.

24 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukraina sharqida Donbassda rus harbiylari "maxsus harbiy operatsiya" boshlaganini e’lon qildi va rus qo‘shinlari Ukrainaga hujum boshladi. Putin bu harakatini Ukraina sharqidagi rossiyaparast separatist kuchlar rahbarlari shunday so‘rov yuborgani bilan oqladi.

Buning ortidan Zelenskiy Rossiya fuqarolariga rus tilida murojaat qilib, ukrainlarga “na sovuq, na issiq, na gibrid urush kerak emas”ligini, ukrainlar hujumchilarni kutib olishga tayyorligini bildirdi. Ko‘p o‘tmay Prezident Rossiya bilan diplomatik aloqani uzdi.

Rus qo‘shinlari dastlab Kiyev va Xarkovga raketa hujumi uyushtirdi. Prezident Zelenskiy mamlakatda harbiy holat e’lon qildi. Shuningdek, rasmiy idora rus qo‘shinlari Xarkov va Odessa viloyatiga kirib borganini bildirdi.

Hujum boshlanganidan ko‘p o‘tmay, LXR Ichki ishlar vaziri maslahatchisi Vitaliy Kiselev Schaste va Stanitsa shaharchalari LXR nazoratiga o‘tganini e’lon qildi.

Ukrainaga hujum boshlanishi Rossiya iqtisodiga og‘ir zarba berdi. Rus kompaniyalari aksiyalari keskin arzonlashdi, Moskva birjasida savdolar mislsiz darajada pasayish bilan o‘tdi. Gazprom, LUKOYL va boshqa yirik kompaniyalar yo‘qotishlarga uchradi.

25 fevral kuni Zelenskiy Ukrainada umumiy harbiy safarbarlik e’lon qildi. Armiyaga chaqiruv mamlakatning qator viloyat va shaharlarida amalga oshirilishi belgilandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

36

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing