YeI Isroildagi hujumlarni qoraladi

Olam

image

Yevropa Ittifoqi Isroildagi hujumlarni qoralab, tomonlarni vazmin bo‘lishga chaqirdi. Bu haqda “AFP” xabar berdi

Ma’lum qilinishicha, Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Jozep Borrel Livan hududidan Isroilga berilgan raketa zarbalari hamda unga Isroilning javobini qoralovchi bayonot bergan. 

“Yevropa Ittifoqi bu zo‘ravonlik harakatlarini to‘liq qoralashini bildiradi. Bu to‘xtatilishi kerak. Biz barcha tomonlarni maksimal darajada vazminlikni saqlashga, eskalatsiyaning oldini olishga va davom etayotgan diniy bayramlarda tinchlikni saqlashga chaqiramiz”, deydi u. 

Borrel, shuningdek, Isroil o‘zini himoya qilish huquqiga ega ekani va shu bilan birga, har qanday javob mutanosib bo‘lishi kerakligini ta’kidlagan. Bundan tashqari, barcha muqaddas joylarning status-kvosi saqlanishi kerakligi qo‘shimcha qilingan. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 31 mart kuni falastinlik 26 yoshli yigit Isroil harbiylarining hujumiga uchragan ayolni himoya qilishga uringanida otib o‘ldirilgan edi. 5 aprel kuni esa Isroil xavfsizlik kuchlari Al-Aqso masjidiga bostirib kirib, u yerdagi falastinliklarga shovqinli granatalar, zaharli gaz, rezina o‘qlar va boshqa vositalar yordamida hujum qildi. Oqibatda o‘nlab falastinliklar jarohat olgandi. Ushbu harakat ko‘plab norozilik namoyishlarini keltirib chiqardi. 6 aprel kuni esa Livan hududidan Isroilga qarshi raketa zarbalari berildi. Bunga javoban Isroil XAMAS harakatining G‘azo sektoridagi o‘quv bazasi va harbiy postlariga hujum qildi. Shundan so‘ng, Livan hududiga ham hujum uyushtirildi.

Nodirjon Madaminov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Evropa Ittifoqi Isroildagi hujumlar raketa zarbalari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing