Livan Isroil hududiga o‘nlab raketa uchirdi. Ular buni javobsiz qoldirmadi

Olam

image

Bugun, 6 aprel kuni, Livan hududidan Isroil tomonga kamida 10 ta raketa uchirildi. Bunga javoban Isroil mudofaa kuchlari Livan janubini o‘qqa tutdi. Bu haqda “Al-Mayadeen” telekanali xabar berdi.

Isroilga tushgan raketalar oqibatida bir kishi bomba boshpanasi oldida yaralangan. Yana bir nafar shaxs raketa bo‘lagi tegishi oqibatida jarohat olgan. Mahalliy hokimiyat odamlarni ko‘chalarni tark etishga va bomba boshpanalariga tushishga chaqirgan.

Livan tomoni xabar berishicha, davlatning janubidagi Tir shahri yaqinida joylashgan El-Kleyla qishlog‘i isrolilliklar tomonidan o‘qqa tutilgan. Hududga kamida 15 ta raketa uchirilgan. 

Chegaradagi raketalar hujumi fonida Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu mamlakat xavfsizlik idoralari rahbarlari ishtirokida tezkor yig‘ilish o‘tkazdi. Isroil Mudofaa vaziri Yoav Galant ham favqulodda yig‘ilish o‘tkazishga buyruq bergan.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning 4 aprel kuni Isroil kuchlari Falastindagi Al-Aqso masjidining namozxonasiga bostirib kirib, u yerdagi falastinliklarga hujum qilgan edi. Shundan so‘ng, BMT Isroilning Al-Aqsoga hujumi bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazmoqchi ekanini ma’lum qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

raketa Isroil Livan

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing