Yevropada soat millari bir soat orqaga surildi

Olam

−

image

Yevropa Ittifoqi davlatlari 25 oktyabrga ötar keçasi qişki vaqtga ötdi: soat millari bir soat orqaga surildi. Bu haqda “Deutsche Welle” xabar berdi.

Qayd etilişiça, 25 oktyabrga ötar keçasi Yevropa Ittifoqi mamlakatlari soat millarini bir soat orqaga surib, qişki vaqtga ötgan. Xususan, Bryusselda ertalabgi soat 3:00 da soat millari 2:00 ga surilgan.

Ma’lumot uçun, YeIda yozgi va qişki vaqtga ötiş böyiça yagona qoida 1996 yildan beri amal qilib kelmoqda. Mart oyining oxirgi yakşanbasida soat millari bir soat oldinga, oktyabr oyining oxirgi yakşanbasida esa bir soat orqaga suriladi. 2019 yilda Yevroparlament soat millarini almaştirişdan voz keçişni qöllab-quvvatlagan, biroq YeI mamlakatlari bu masalada hali ham yagona pozitsiyaga kela olgani yöq.

YeI hududida uçta vaqt mintaqasi mavjud: Irlandiya va Portugaliyada Grinviç vaqti, Yevropa Ittifoqining sakkizta davlatida, jumladan, Finlyandiya va Boltiqböyi mamlakatlarida Şarqiy Yevropa vaqti (Grinviçdan ikki soat oldinda), Yevropa Ittifoqining qolgan mamlakatlarida, şu jumladan, Germaniyada esa Grinviçdan bir soat oldinda bölgan Markaziy Yevropa vaqti amal qiladi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing