Isroil kuchlari Al-Aqso masjidi darvozasida falastinlikni o‘ldirdi

Olam

image

Kecha, 31 mart kuni Isroil kuchlari bosib olingan Sharqiy Quddusdagi Al-Aqso masjidida bir falastinlik erkakni o‘ldirdi. Bu haqda “Middle East Eye” xabar berdi.

Qayd etilishicha, Zanjir darvozasi yaqinida Isroil kuchlari masjidga qayta kirishga uringan falastinlik ayolga hujum qilgach, falastinlik yigit ular bilan janjallashgan. Isroil politsiyasi esa uni otib tashlagan. 

Isroil tomonining bayonotiga ko‘ra, bir kishi askarning qurolini olishga uringan. Shundan so‘ng u otib tashlangan va zararsizlantirilgan. Keyinroq qurbonning Isroil janubidagi Naqab (Negev) viloyatida yashovchi 26 yoshli yigit ekani aniqlangan. 

Guvohlarning aytishicha, bir daqiqadan kamroq vaqt ichida 20 ta o‘q ovozi eshitilgan. Isroil kuchlari taroveh namozidan so‘ng o‘n minglab namozxonlar majmuani tark etgach, masjid darvozalarini yopib qo‘ygan. Politsiya ularning tungi namozini davom ettirish uchun qaytib kelishiga to‘sqinlik qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Al-Aqso Quddus Falastin Isroil

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing