Isroil G‘azo sektoriga zarba berdi
Olam
−
05 aprel 2023
7263Bugun, 5 aprel kuni Isroil Mudofaa kuchlarining jangarilari va tanklari Falastinning HAMAS radikal harakatining G‘azo sektoridagi harbiy o‘quv bazasi va harbiy postlariga hujum qildi. Bu haqda Isroil Armiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
“Jangchilar G‘azo sektorining shimoliy qismidagi HAMAS terror tashkilotiga tegishli harbiy bazaga hujum qildi. Majmua terrorchilarni tayyorlash markazi sifatida foydalanilgan. Tanklar G‘azo sektori bilan chegaradagi HAMAS harbiy postlariga qo‘shimcha hujum uyushtirgan”, deyiladi Isroil bayonotida.
Shuningdek, Isroil Armiyasi HAMAS terrorchilik tashkilotini G‘azo sektoridan sodir bo‘lgan barcha terrorchilik harakatlari uchun javobgar deb hisoblashini, u Isroil xavfsizligiga qarshi harakatlarining oqibatlariga duch kelishini bildirgan.
“Qurol-yarog‘ do‘konlariga berilgan zarbalar HAMAS terror tashkilotining G‘azo sektoridagi yana qurol-yarog‘ bilan ta’minlash imkoniyatiga jiddiy zarar yetkazdi”, deydi Isroil harbiylari.
Ma’lumot uchun, bugun, 5 aprelga o‘tar kechasi va ertalab Falastin anklavidagi radikallar Isroilga 16 ta raketa uchirgan, ulardan sakkiztasi “Temir gumbaz” havo mudofaa tizimi tomonidan tutib olingan, biri Sderot shahrining sanoat zonasi yaqinida qulab tushgan.
Eslatib o‘tamiz, Isroil kuchlari Quddusdagi Al-Aqsoga bostirib kirgan, oqibatda falastinliklar yaralangan edi. Bundan oldin esa Isroil politsiyasi Al-Aqso darvozasi oldida falastinlik yigitni otib tashlagan edi.
LiveBarchasi