Isroil G‘azoga hujumidan so‘ng Livanga zarba berdi

Olam

image

Isroil mudofaa armiyasi G‘azo sektoridan so‘ng Livan hududiga hujum uyushtirdi, ularning nishonlari mamlakat janubidagi Xamas harakatining infratuzilma ob’ektlari bo‘ldi. Bu haqda armiya Matbuot xizmati Twitter'da xabar berdi.

“Isroil mudofaa kuchlari XAMAS terror tashkilotining Livan hududida faoliyat yuritishiga ruxsat bermaydi va o‘z hududidan chiqayotgan har bir raketa uchun Livanni javobgar deb hisoblaydi”, deyiladi Isroil harbiylari bayonotida.

6 apreldan 7 aprelga o‘tar kechasi Isroil armiyasi Falastinning G‘azo sektoriga hujum qildi. Isroil harbiy-havo kuchlari samolyotlari so‘nggi bir necha kun ichida xavfsizlikni buzish holatlariga javoban radikal XAMAS qurol-yarog‘ ustaxonalari va ikkita tunnelga hujum qildi.

Bungacha Livan hududidan Isroil tomon 34 ta raketa uchirilgan, ulardan 25 tasi havo hujumidan mudofaa tizimlari tufayli tutib olingan. 

“25 ta raketa havo hujumidan mudofaa tizimi tomonidan tutib olindi. Isroil hududiga beshta raketa tushdi”, dedi Isroil armiyasi matbuot xizmati.

Keyinroq Livan maxsus xizmatlari mamlakat janubida Isroilga raketa hujumi uyushtirgan inshootlarni aniqladi. 

Eslatib o‘tamiz, kecha, 5 aprel kuni ham Isroil politsiyasi Al-Aqso masjidiga bostirib kirgan edi. Xavfsizlik kuchlari Al-Aqso ichida shovqinli granatalar, ko‘zni yoshlantiruvchi gaz, rezina o‘q va tayoqlardan foydalangandi. Shuningdek, ular shifokorlarning voqea joyiga yetib borishiga va yaradorlarga yordam berishga ruxsat bermagandi. Isroilning xatti-harakatlari Iordaniya va Misr tomonidan qoralangan, Falastin va Iordaniya iltimosiga ko‘ra, bugun, 6 aprel kuni BMT Xavfsizlik kengashining favqulodda yig‘ilishi chiqarilgandi. Shuningdek, 5 aprel kuni Isroil G‘azo sektoriga ham hujum qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil Livan G'azo sektori

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing