Isroil kuchlari Al-Aqsoga bostirib kirdi (video)

Olam

image

Quddusdagi Al-Aqso masjidida Isroil xavfsizlik kuchlari bilan to‘qnashuvda o‘nlab falastinliklar yaralandi. Bu haqda Falastinning “WAFA” agentligi xabar berdi.

Kecha, 4 aprel kuni kechqurun Isroil kuchlari masjidning namozxonasiga bostirib kirib, u yerdagi falastinliklarga shovqinli granatalar, zaharli gaz, rezina o‘qlar va boshqa vositalar yordamida hujum qilgan. Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, masjidga bostirib kirgan Isroil xavfsizlik kuchlari dubinka va miltiq dastalaridan ham foydalangan.

Falastin asirlari ishlari bo‘yicha qo‘mita voizi Riyod al-Ashkar jurnalistlarga bergan ma’lumotiga ko‘ra, Isroil Al-Aqsoda uyushtirgan reyd natijasida 200 dan ortiq falastinlikni qo‘lga olgan. Unga ko‘ra, qo‘lga olinganlar Isroilning Quddusdagi Anatadagi harbiy bazasiga o‘tkazilgan.

Shuningdek, al-Ashkar yaradorlarning bir qismi zudlik bilan davolanishga muhtoj ekanini, Isroil esa ularga tibbiy yordam ko‘rsatish yoki shifoxonalarga o‘tkazishdan bosh tortayotganini qo‘shimcha qilgan.
Falastin matbuotining qayd etishicha, reyddan so‘ng G‘arbiy Sohilning bir qator shaharlarida namoyishlar boshlangan. Falastin Bosh vaziri Muhammad Shtaye aytganidek, Al-Aqso masjidida sodir bo‘layotgan voqealar namozxonlarga qarshi katta jinoyatdir.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Isroil politsiyasi Al-Aqso masjidi darvozasi oldida falastinlik erkakni o‘ldirgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Al-Aqso Quddus Isroil

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing