“Ularni to‘xtating”. Zelenskiy rossiyaliklarga o‘lmasdan aql-hushini yig‘ib olishni taklif qildi

Olam

image

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiyani urushni to‘xtatishga chaqirdi. Bu haqda u navbatdagi videomurojaatida so‘z ochgan.

"Rossiyada meni eshitishlarini xohlayman. Minglab yaralanganlar, yuzlab mahbuslar nima uchun Ukrainaga jo‘natilganini tushuna olmay, boshqalarni o‘ldirishadi, o‘lishadi. Hukumatingizga urushni zudlik bilan to‘xtatish kerakligini qanchalik tezroq aytsangiz, ko‘plaringiz tirik qolasiz.

Fuqarolaringiz tomonidan urushga qarshi e’tirozlar bo‘layotganini ko‘rib turibmiz. Biz bilamizki, Rossiyada ko‘pchilik hozir hokimiyatning shafqatsizligidan hayratda. Bu juda to‘g‘ri munosabat. Ushbu reaksiya uchun rahmat”, deydi Zelenskiy. 

Shuningdek, Prezident, Ukrainani qo‘llab-quvvatlagan Leonid Parfyonov, Dmitriy Muratov, Yuriy Dud, Lii Axedjakova, Valeriy Meladze va vijdoni toza minglab boshqa munosib ruslarga minnatdorlik bildirgan. 

“Faqat yolg‘on gapiradiganlarni, sizga, bizga, butun dunyoga yolg‘on so‘zlayotganlarni to‘xtating. Biz bu urushni tugatishimiz kerak. Biz tinch dunyoda, insoniylik dunyosida yashay olamiz”, deydi Zelenskiy.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 26 fevral kuni ertalab ijtimoiy tarmoqlarda uni bunkerga yashirinib, olgani haqida xabarlar tarqalayotganiga munosabat bildirib, Kiyevda ekanligini va yashirinmaganini ma’lum qilgandi.

Rossiyaning Ukrainaga bosqini

Joriy yilning 21 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Kremlda Ukraina sharqidagi o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan Lugansk xalq respublikasi (LXR) va Donetsk xalq respublikasini (DXR) tan olish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Keyinroq RF respublikalarni shu nomdagi viloyatlar chegaradagi tan olganini ta’kidlab, Ukrainaga qarshi urush xavfini oshirib yubordi.

Putinning favqulodda qarori ortidan AQSH, YeI, Kanada, Avstraliya, Buyuk Britaniya va Yaponiya rasmiylari ham Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritdi.

24 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukraina sharqida Donbassda rus harbiylari "maxsus harbiy operatsiya" boshlaganini e’lon qildi va rus qo‘shinlari Ukrainaga hujum boshladi. Putin bu harakatini Ukraina sharqidagi rossiyaparast separatist kuchlar rahbarlari shunday so‘rov yuborgani bilan oqladi.

Buning ortidan Zelenskiy Rossiya fuqarolariga rus tilida murojaat qilib, ukrainlarga “na sovuq, na issiq, na gibrid urush kerak emas”ligini, ukrainlar hujumchilarni kutib olishga tayyorligini bildirdi. Ko‘p o‘tmay Prezident Rossiya bilan diplomatik aloqani uzdi.

Rus qo‘shinlari dastlab Kiyev va Xarkovga raketa hujumi uyushtirdi. Prezident Zelenskiy mamlakatda harbiy holat e’lon qildi. Shuningdek, rasmiy idora rus qo‘shinlari Xarkov va Odessa viloyatiga kirib borganini bildirdi.

Hujum boshlanganidan ko‘p o‘tmay, LXR Ichki ishlar vaziri maslahatchisi Vitaliy Kiselev Schaste va Stanitsa shaharchalari LXR nazoratiga o‘tganini e’lon qildi.

Ukrainaga hujum boshlanishi Rossiya iqtisodiga og‘ir zarba berdi. Rus kompaniyalari aksiyalari keskin arzonlashdi, Moskva birjasida savdolar mislsiz darajada pasayish bilan o‘tdi. Gazprom, LUKOYL va boshqa yirik kompaniyalar yo‘qotishlarga uchradi.

25 fevral kuni Zelenskiy Ukrainada umumiy harbiy safarbarlik e’lon qildi. Armiyaga chaqiruv mamlakatning qator viloyat va shaharlarida amalga oshirilishi belgilandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

140

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing