Ukraina Rossiyani to‘xtatish uchun Xitoy “eshigiga bosh urdi”

Jamiyat

image

Ukraina Tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba Xitoyni Rossiya bilan sulh bitimiga erishishda vositachilik qilishga chaqirdi. Xitoy TIV ma’lumotlariga ko‘ra, Kuleba Ukraina tomonining iltimosiga binoan o‘tkazilgan telefon muloqoti chog‘ida Xitoy diplomatiyasi rahbari Van Iga shunday murojaat bilan murojaat qilgan.

Ukraina vaziri o‘z hamkasbini Rossiya bilan muzokaralar borishi haqida ma’lumot bergan. Kulebaning ta’kidlashicha, janglarni tugatish Ukraina uchun ustuvor vazifadir.

Ukraina diplomatiyasi rahbari Kiyevda ular mojaroni muzokaralar yo‘li bilan hal etish tarafdori ekanini, Rossiya bilan muloqotga to‘liq ochiqlik bilan yondashishini, vaziyatning murakkabligiga qaramay, osoyishtalikni saqlashga va muloqotni rivojlantirishga harakat qilishini ta’kidlagan.

“Kiyev Xitoy bilan aloqalarni mustahkamlashga tayyor va o‘t ochishni to‘xtatish uchun Xitoy vositachiligiga ishonadi”, deya qo‘shimcha qilgan Kuleba.

O‘z navbatida, Van I Pekin Ukraina tinch aholisiga yetkazilgan zarardan xavotirda ekanini bildirgan.

Van I Xitoy tomonlarni kelishmovchiliklarni muzokaralar yo‘li bilan hal qilishga chaqirgan va siyosiy yechimga erishish uchun barcha xalqaro sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlashini bildirgan. Ammo Pekin bu borada yordam berishini aytmagan.

Rossiyaning Ukrainaga bosqini

Joriy yilning 21 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Kremlda Ukraina sharqidagi o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan Lugansk xalq respublikasi (LXR) va Donetsk xalq respublikasini (DXR) tan olish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Keyinroq RF respublikalarni shu nomdagi viloyatlar chegaradagi tan olganini ta’kidlab, Ukrainaga qarshi urush xavfini oshirib yubordi.

Putinning favqulodda qarori ortidan AQSH, YeI, Kanada, Avstraliya, Buyuk Britaniya va Yaponiya rasmiylari ham Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritdi.

24 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukraina sharqida Donbassda rus harbiylari "maxsus harbiy operatsiya" boshlaganini e’lon qildi va rus qo‘shinlari Ukrainaga hujum boshladi. Putin bu harakatini Ukraina sharqidagi rossiyaparast separatist kuchlar rahbarlari shunday so‘rov yuborgani bilan oqladi.

Bundan avvalroq Zelenskiy Rossiya fuqarolariga rus tilida murojaat qilib, ukrainlarga “na sovuq, na issiq, na gibrid urush kerak emas”ligini, ukrainlar hujumchilarni kutib olishga tayyorligini bildirgandi. Ko‘p o‘tmay Prezident Rossiya bilan diplomatik aloqani uzdi. Prezident Zelenskiy mamlakatda harbiy holat e’lon qildi.

25 fevral kuni Zelenskiy Ukrainada umumiy harbiy safarbarlik e’lon qildi. Armiyaga chaqiruv mamlakatning qator viloyat va shaharlarida amalga oshirilishi belgilandi.

Rus qo‘shinlari hozirgacha Ukrainaga shimol, sharq va janubdan hujum qilib kelmoqda va qator hududlarni egallashga erishdi. Ammo bu urush Rossiyaning dunyoda yakkalanib qolishiga olib keldi.

Ukrainaga hujum boshlanishi Rossiya iqtisodiga og‘ir zarba berdi. Rus kompaniyalari aksiyalari keskin arzonlashdi, Moskva birjasida savdolar mislsiz darajada pasayish bilan o‘tdi. Gazprom, LUKOYL va boshqa yirik kompaniyalar yo‘qotishlarga uchradi.

Hujum boshlangach, Yevropa davlatlari va AQSH Rossiyaga qarshi bir necha bosqichli sanksiyalar joriy qildi. Rossiyaning VTB, “Rossiya” banki, “Otkritiya”, “Novikombank”, “Promsvyazbank”, “Sovkombank” va VEB.RF banklari SWIFT xalqaro banklararo tizimidan uzildi. AQSH va Yevropa Ittifoqi Rossiyaning oltin-valyuta zaxirasini blokladi.

Yevropa davlatlari, AQSH va Kanada Rossiya uchun o‘z havo hududini yopdi. Bu sanksiyalarga neytral davlat hisoblangan Shveysariya ham qo‘shildi. Urush fonida Ukrainani Yevropa Ittifoqi a’zoligiga qabul qilish jarayoni tezlashdi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

351

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing