Ukraina armiyasi yangi taktika bilan butun shaharni bir kunda ozod qildi – Arestovich

Olam

image
0:00
0:00
download

Ukraina Qurolli Kuchlari yangi taktikani qo‘lladi va bir kunda butun bir shaharni Rossiya harbiylaridan ozod qildi. Ukraina Prezidenti devonining maslahatchisi Aleksey Arestovich bu haqda rossiyalik huquq himoyachisi Mark Feygin bilan suhbatda aytib o‘tdi. U Ukraina Qurolli Kuchlari Bosh shtabi rasmiy e’lon ma’lumot bermagani uchun shahar nomini ochiqlamagan.

“Biz, nomini tilga olmayotgan, shaharni bir zarba bilan bir kunda qay. Bu juda katta muvaffaqiyat... Rossiya bo‘linmalari shunga o‘xshash shaharlarni bir necha hafta davomida egallashdi... Bu taktika ularni juda hayratda qoldirdi, ular hech narsa qilishga, hatto buni tushunishga ham ulgurishmadi”, deydi u.

Qayd etilishicha, ukrain harbiylari ozod etilgan shaharning sharqiy chekkasidan Kupyanskka artilleriya olib boradi. Bu Izyum rayoni va butun shimoli-sharqiy Donetskdagi rus harbiylari uchun asosiy ta’minot yo‘lagi hisoblanadi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ruslar hozir oldinga siljiyotgan yagona joy – Baxmut yo‘nalishi.

“Boshqa joylarda yo statsionar front, yoki biz oldinga siljiyapmiz”, degan Arestovich.

Rossiya-Ukraina urushi

Joriy yilning 21 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Kremlda Ukraina sharqidagi o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan Lugansk xalq respublikasi (LXR) va Donetsk xalq respublikasini (DXR) tan olish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Keyinroq RF respublikalarni shu nomdagi viloyatlar chegarasida tan olganini ta’kidlab, Ukrainaga qarshi urush xavfini oshirib yubordi.

Putinning favqulodda qarori ortidan AQSH, YeI, Kanada, Avstraliya, Buyuk Britaniya va Yaponiya rasmiylari ham Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritdi.

24 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukraina sharqida Donbassda rus harbiylari "maxsus harbiy operatsiya" boshlaganini e’lon qildi va rus qo‘shinlari Ukrainaga hujum boshladi. Putin bu harakatini Ukraina sharqidagi rossiyaparast separatist kuchlar rahbarlari shunday so‘rov yuborgani bilan oqladi.

Bundan avvalroq Zelenskiy Rossiya fuqarolariga rus tilida murojaat qilib, ukrainlarga “na sovuq, na issiq, na gibrid urush kerak emas”ligini, ukrainlar hujumchilarni kutib olishga tayyorligini bildirgandi. Ko‘p o‘tmay Prezident Rossiya bilan diplomatik aloqani uzdi. Prezident Zelenskiy mamlakatda harbiy holat e’lon qildi.

25 fevral kuni Zelenskiy Ukrainada umumiy harbiy safarbarlik e’lon qildi. Armiyaga chaqiruv mamlakatning qator viloyat va shaharlarida amalga oshirilishi belgilandi.

Rus qo‘shinlari hozirgacha Ukrainaga shimol, sharq va janubdan hujum qilib kelmoqda va qator hududlarni egallashga erishdi. Ammo bu urush Rossiyaning dunyoda yakkalanib qolishiga olib keldi.

Ukrainaga hujum boshlanishi Rossiya iqtisodiga og‘ir zarba berdi. Rus kompaniyalari aksiyalari keskin arzonlashdi, Moskva birjasida savdolar mislsiz darajada pasayish bilan o‘tdi. Gazprom, LUKOYL va boshqa yirik kompaniyalar yo‘qotishlarga uchradi.

Hujum boshlangach, Yevropa davlatlari va AQSH Rossiyaga qarshi bir necha bosqichli sanksiyalar joriy qildi. Rossiyaning VTB, “Rossiya” banki, “Otkritiya”, “Novikombank”, “Promsvyazbank”, “Sovkombank” va VEB.RF banklari SWIFT xalqaro banklararo tizimidan uzildi. AQSH va Yevropa Ittifoqi Rossiyaning oltin-valyuta zaxirasini blokladi.

Yevropa davlatlari, AQSH, Kanada Rossiya uchun o‘z havo hududini yopdi. Bu sanksiyalarga neytral davlat hisoblangan Shveysariya ham qo‘shildi. 


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

54

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing