Ukraina harbiylari ruslarga qarshi hujumga o‘tdi – IIV

Olam

image

Ukraina Qurolli Kuchlari mudofaa rejimida bo‘lib, Kiyev viloyatining ayrim hududlarida Rossiya harbiylariga qarshi hujumga o‘tdi. Bu haqda Ukraina Ichki ishlar vazirligi rahbari maslahatchisi Vadim Denisenko ma’lum qilgan

Qayd etilishicha, o‘tgan kun davomida ukrainalik harbiylar 12 ta tankni, bir nechta samolyotni, o‘nga yaqin zirhli texnikani, 300 dan ortiq rus harbiylarini yo‘q qilgan. Barishevki, Gostomelya va Irpenya hududlarida esa jiddiy janglar ketmoqda. 

“Shuning uchun biz safda turibmiz, Kiyev viloyatida qarshi hujumlarni boshlayapmiz”, deydi vazir maslahatchisi.

Denisenkoga ko‘ra, Ukraina Qurolli Kuchlarining Kiyev yaqinidagi muvaffaqiyatli qarshi hujumi Britaniya razvedkasi tomonidan ham tasdiqlangan. Rossiya harbiylari esa oziq-ovqat taqchilligi, yonilg‘i muammolariga duch kelishda davom etmoqda.

Kecha, 24 mart kuni  Buchansk shahar kengashi Ukraina himoyachilari Irpin, Bucha va Gostomelni qurshab olishga muvaffaq bo‘lganini ma’lum qildi. Biroq, ko‘plab qo‘shni qishloqlar hamon Rossiya harbiylari nazorati ostida.

Rossiya-Ukraina urushi

Joriy yilning 21 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Kremlda Ukraina sharqidagi o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan Lugansk xalq respublikasi (LXR) va Donetsk xalq respublikasini (DXR) tan olish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Keyinroq RF respublikalarni shu nomdagi viloyatlar chegaradagi tan olganini ta’kidlab, Ukrainaga qarshi urush xavfini oshirib yubordi.

Putinning favqulodda qarori ortidan AQSH, YeI, Kanada, Avstraliya, Buyuk Britaniya va Yaponiya rasmiylari ham Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritdi.

24 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukraina sharqida Donbassda rus harbiylari "maxsus harbiy operatsiya" boshlaganini e’lon qildi va rus qo‘shinlari Ukrainaga hujum boshladi. Putin bu harakatini Ukraina sharqidagi rossiyaparast separatist kuchlar rahbarlari shunday so‘rov yuborgani bilan oqladi.

Bundan avvalroq Zelenskiy Rossiya fuqarolariga rus tilida murojaat qilib, ukrainlarga “na sovuq, na issiq, na gibrid urush kerak emas”ligini, ukrainlar hujumchilarni kutib olishga tayyorligini bildirgandi. Ko‘p o‘tmay Prezident Rossiya bilan diplomatik aloqani uzdi. Prezident Zelenskiy mamlakatda harbiy holat e’lon qildi.

25 fevral kuni Zelenskiy Ukrainada umumiy harbiy safarbarlik e’lon qildi. Armiyaga chaqiruv mamlakatning qator viloyat va shaharlarida amalga oshirilishi belgilandi.

Rus qo‘shinlari hozirgacha Ukrainaga shimol, sharq va janubdan hujum qilib kelmoqda va qator hududlarni egallashga erishdi. Ammo bu urush Rossiyaning dunyoda yakkalanib qolishiga olib keldi.

Ukrainaga hujum boshlanishi Rossiya iqtisodiga og‘ir zarba berdi. Rus kompaniyalari aksiyalari keskin arzonlashdi, Moskva birjasida savdolar mislsiz darajada pasayish bilan o‘tdi. Gazprom, LUKOYL va boshqa yirik kompaniyalar yo‘qotishlarga uchradi.

Hujum boshlangach, Yevropa davlatlari va AQSH Rossiyaga qarshi bir necha bosqichli sanksiyalar joriy qildi. Rossiyaning VTB, “Rossiya” banki, “Otkritiya”, “Novikombank”, “Promsvyazbank”, “Sovkombank” va VEB.RF banklari SWIFT xalqaro banklararo tizimidan uzildi. AQSH va Yevropa Ittifoqi Rossiyaning oltin-valyuta zaxirasini blokladi.

Yevropa davlatlari, AQSH, Kanada Rossiya uchun o‘z havo hududini yopdi. Bu sanksiyalarga neytral davlat hisoblangan Shveysariya ham qo‘shildi. Urush fonida Ukrainani Yevropa Ittifoqi a’zoligiga qabul qilish jarayoni tezlashdi.


 


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

70

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing