Turkiya Ukraina portlarini minalardan tozalashda Rossiyaga yordam beradi

Olam

image

Turkiya Prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘an Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan muloqotda Anqara Ukraina portlarini minalardan tozalashni tashkillashtirishda Moskvaga yordam berishga tayyorligini aytgan. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Saudiya Arabistoniga tashrifi yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.

“Vladimir Putin va Rajab Toyib Erdo‘g‘an o‘rtasidagi suhbatdan so‘ng turkiyalik hamkasblar garovga olingan kemalarni ozod qilish uchun Ukraina portlarini minalardan tozalashni tashkil etishda yordam berishga harakat qilishlari haqida kelishib oldi”, deydi Lavrov. 

Eslatib o‘tamiz, Turkiya Montryo konvensiyasining Qora dengizdan harbiy kemalarni chiqarib tashlash haqidagi bandlari munosabati bilan NATOning qator harbiy mashg‘ulotlarini bekor qilgan edi. 

Ma’lumot uchun, Rajab Toyib Erdo‘g‘an Anqara Rossiya tabiiy gazidan voz kechishga qodir emasligini aytgan edi.

“Tabiiy gazning 50 foizini Rossiyadan olamiz. Biz uchun bu strategik masala. Biz ularni buza olmaymiz”, deya ta’kidlagan edi u turk yoshlari bilan bo‘lgan uchrashuvda.

Shuningdek, u Ukrainadagi vaziyat tufayli Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan munosabatlarni uzish niyatida emasligini ham qo‘shimcha qilgandi.

Rossiya-Ukraina urushi

Joriy yilning 21 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Kremlda Ukraina sharqidagi o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan Lugansk xalq respublikasi (LXR) va Donetsk xalq respublikasini (DXR) tan olish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Keyinroq RF respublikalarni shu nomdagi viloyatlar chegaradagi tan olganini ta’kidlab, Ukrainaga qarshi urush xavfini oshirib yubordi.

Putinning favqulodda qarori ortidan AQSH, YeI, Kanada, Avstraliya, Buyuk Britaniya va Yaponiya rasmiylari ham Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritdi.

24 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukraina sharqida Donbassda rus harbiylari "maxsus harbiy operatsiya" boshlaganini e’lon qildi va rus qo‘shinlari Ukrainaga hujum boshladi. Putin bu harakatini Ukraina sharqidagi rossiyaparast separatist kuchlar rahbarlari shunday so‘rov yuborgani bilan oqladi.

Buning ortidan Zelenskiy Rossiya fuqarolariga rus tilida murojaat qilib, ukrainlarga “na sovuq, na issiq, na gibrid urush kerak emas”ligini, ukrainlar hujumchilarni kutib olishga tayyorligini bildirdi. Ko‘p o‘tmay Prezident Rossiya bilan diplomatik aloqani uzdi.

Rus qo‘shinlari dastlab Kiyev va Xarkovga raketa hujumi uyushtirdi. Prezident Zelenskiy mamlakatda harbiy holat e’lon qildi. Shuningdek, rasmiy idora rus qo‘shinlari Xarkov va Odessa viloyatiga kirib borganini bildirdi.

Hujum boshlanganidan ko‘p o‘tmay, LXR Ichki ishlar vaziri maslahatchisi Vitaliy Kiselev Schaste va Stanitsa shaharchalari LXR nazoratiga o‘tganini e’lon qildi.

Ukrainaga hujum boshlanishi Rossiya iqtisodiga og‘ir zarba berdi. Rus kompaniyalari aksiyalari keskin arzonlashdi, Moskva birjasida savdolar mislsiz darajada pasayish bilan o‘tdi. Gazprom, LUKOYL va boshqa yirik kompaniyalar yo‘qotishlarga uchradi.

25 fevral kuni Zelenskiy Ukrainada umumiy harbiy safarbarlik e’lon qildi. Armiyaga chaqiruv mamlakatning qator viloyat va shaharlarida amalga oshirilishi belgilandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi

Baholaganlar

10

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing