Putinning shartini qabul qilish Ukrainaning mag‘lubiyati bo‘ladi – Stoltenberg
Olam
−
15 iyun
6100Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning o‘t ochishni to‘xtatish uchun Ukraina o‘z Qurolli kuchlarini Rossiyaning egallab olgan hududlaridan olib chiqib ketish shartini bajarishi Moskvaning harbiy maqsadlariga erishishi bo‘ladi. Bu haqda NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg kecha, 14 iyun kuni NATO Mudofaa vazirlari yig‘ilishi yakunidagi yakuniy matbuot anjumanida so‘z ochdi.
“Ushbu taklif Rossiya o‘z harbiy maqsadlariga erisha olishini anglatadi, chunki ukrainaliklar allaqachon egallab olgan Rossiyadan ko‘ra ko‘proq hududdan voz kechishi kerak”, deydi u.
Stoltenbergning fikricha, Ukraina emas, Rossiya qo‘shinlarini olib chiqishi kerak.
U, shuningdek, NATO qurol-yarog‘i Ukrainada tinchlik o‘rnatishga, shuningdek, Shveysariyadagi tinchlik sammitining muvaffaqiyatli o‘tkazilishiga hissa qo‘shishi haqida fikr bildirdi.
Avvalroq, Bosh kotib NATO Ukraina uchun qaror qabul qila olmaydi, deb bir necha bor ta’kidlagan edi.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 14 iyun kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Rossiya TIV rahbariyati bilan uchrashuvda Rossiya Ukrainadagi mojaroni hal qilish bo‘yicha yangi tinchlik taklifi bilan chiqayotganini aytgan edi. Unda Qrim, Donetsk, Lugansk, Xerson va Zaporoje viloyatlarining Rossiya hududi sifatidagi maqomini tan olish, Ukrainaning qo‘shilmaslik va yadro qurolidan xoli maqomini mustahkamlash, uni demilitarizatsiya va denazolifikatsiya qilish hamda Rossiyaga qarshi sanksiyalarni bekor qilish nazarda tutilgan. Shu bilan birga, muzokaralarni boshlash uchun Ukraina o‘z kuchlarini Donetsk, Lugansk, Xerson va Zaporoje viloyatlari hududidan olib chiqishi kerak.
LiveBarchasi