Turkiya Lavrov va Kuleba uchrashuvining natijalarini ochiqladi

Olam

image

Turkiya Ukrainada uzoq muddatga o‘t ochishni to‘xtatish tarafdori va bu aynan urush maydoniga taalluqli. Bu haqda Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li Antaliya shahrida Rossiya va Ukraina tashqi idoralari rahbari Sergey Lavrov, Dmitriy Kuleba bilan o‘tkazilgan uch tomonlama muzokaralar yakunida aytib o‘tdi.

“Agar urush davom etsa, bundan eng ko‘p begunoh bolalar jabr ko‘radi. Kundan-kunga qon to‘kilishi va qayg‘u ko‘lami ortib bormoqda. Urush zonalarida qolgan odamlarni qutqarish kerak”, deydi Chavusho‘g‘li muzokaralardan keyingi matbuot anjumanida.

U Rossiya hamda Ukraina o‘rtasida tinchlik o‘rnatilgunga qadar “insonparvarlik sulhi”ga rioya qilish, shuningdek tinch aholi uchun gumanitar yo‘laklarni ochish muhimligini ta’kidlagan. 

“Agar joydagi harbiylar kelishuvlarga rioya qilmasa, evakuatsiya qilingan tinch aholi haqiqiy tahdidga duch keladi”, deydi TIV vaziri.

Chavusho‘g‘lining so‘zlariga ko‘ra, Antaliyadagi uchrashuvda Turkiya tomoni Ukrainada gumanitar yo‘laklar faoliyatiga to‘siqlar yaratishga yo‘l qo‘ymaslikni ta’kidlagan. 

Shuningdek, diplomat Lavrov va Kuleba ishtirokidagi yig‘ilishda Rossiya va Ukraina Prezidentlari o‘rtasida uchrashuv tashkil qilish mavzusi ham muhokama qilinganini ma’lum qilgan.

Turkiyalik vazirning urg‘ulashicha, barcha qiyinchiliklarga qaramay, Antaliyada Ukraina bo‘yicha muhokamalar madaniy doirada o‘tkazilgan.

Rossiya-Ukraina urushi

Joriy yilning 21 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Kremlda Ukraina sharqidagi o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan Lugansk xalq respublikasi (LXR) va Donetsk xalq respublikasini (DXR) tan olish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Keyinroq RF respublikalarni shu nomdagi viloyatlar chegaradagi tan olganini ta’kidlab, Ukrainaga qarshi urush xavfini oshirib yubordi.

Putinning favqulodda qarori ortidan AQSH, YeI, Kanada, Avstraliya, Buyuk Britaniya va Yaponiya rasmiylari ham Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritdi.

24 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukraina sharqida Donbassda rus harbiylari "maxsus harbiy operatsiya" boshlaganini e’lon qildi va rus qo‘shinlari Ukrainaga hujum boshladi. Putin bu harakatini Ukraina sharqidagi rossiyaparast separatist kuchlar rahbarlari shunday so‘rov yuborgani bilan oqladi.

Bundan avvalroq Zelenskiy Rossiya fuqarolariga rus tilida murojaat qilib, ukrainlarga “na sovuq, na issiq, na gibrid urush kerak emas”ligini, ukrainlar hujumchilarni kutib olishga tayyorligini bildirgandi. Ko‘p o‘tmay Prezident Rossiya bilan diplomatik aloqani uzdi. Prezident Zelenskiy mamlakatda harbiy holat e’lon qildi.

25 fevral kuni Zelenskiy Ukrainada umumiy harbiy safarbarlik e’lon qildi. Armiyaga chaqiruv mamlakatning qator viloyat va shaharlarida amalga oshirilishi belgilandi.

Rus qo‘shinlari hozirgacha Ukrainaga shimol, sharq va janubdan hujum qilib kelmoqda va qator hududlarni egallashga erishdi. Ammo bu urush Rossiyaning dunyoda yakkalanib qolishiga olib keldi.

Ukrainaga hujum boshlanishi Rossiya iqtisodiga og‘ir zarba berdi. Rus kompaniyalari aksiyalari keskin arzonlashdi, Moskva birjasida savdolar mislsiz darajada pasayish bilan o‘tdi. Gazprom, LUKOYL va boshqa yirik kompaniyalar yo‘qotishlarga uchradi.

Hujum boshlangach, Yevropa davlatlari va AQSH Rossiyaga qarshi bir necha bosqichli sanksiyalar joriy qildi. Rossiyaning VTB, “Rossiya” banki, “Otkritiya”, “Novikombank”, “Promsvyazbank”, “Sovkombank” va VEB.RF banklari SWIFT xalqaro banklararo tizimidan uzildi. AQSH va Yevropa Ittifoqi Rossiyaning oltin-valyuta zaxirasini blokladi.

Yevropa davlatlari, AQSH, Kanada Rossiya uchun o‘z havo hududini yopdi. Bu sanksiyalarga neytral davlat hisoblangan Shveysariya ham qo‘shildi. Urush fonida Ukrainani Yevropa Ittifoqi a’zoligiga qabul qilish jarayoni tezlashdi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

41

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing