To‘qayev davlat xavfsizlik xizmatiga yangi rahbar tayinladi
Olam
−
06 yanvar 2022
12085Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev Saken Isabekovni Respublika davlat qo‘riqlash xizmati rahbari etib tayinlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Bu haqda davlat rahbari Matbuot xizmatiga tayanib xabar qilingan.
“Isabekov Saken Sainovich Qozog‘iston Respublikasi davlat qo‘riqlash xizmati rahbari etib tayinlansin”, deyiladi farmon matnida.
Oldin Isabekov Davlat qo‘riqlash xizmati rahbari o‘rinbosari — Prezident xavfsizlik xizmati rahbari lavozimlarida ishlagan. Davlat qo‘riqlash xizmatining sobiq rahbari Yermek Sagimbayev kecha, 5 yanvar kuni Milliy xavfsizlik qo‘mitasi rahbari etib tayinlandi.
Eslatib o‘tamiz, 5 yanvar kuni Qozog‘iston Respublikasi Bosh vazirining vazifalari vaqtincha Alixan Asxanovich Smailovga yuklatildi. Qrimbek Kusherbayev davlat kotibi lavozimidan ozod qilindi va bu lavozimga uning sobiq yordamchisi Yerlan Karin tayinlandi. Shuningdek, Qozog‘iston Prezidenti o‘z ma’muriyatining sobiq o‘rinbosari Murat Nurtleuni Respublika Milliy xavfsizlik qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari etib tayinladi. To‘qayev Karim Masimovni respublika Milliy xavfsizlik qo‘mitasi raisi lavozimidan ozod qildi va bu lavozimga Davlat xavfsizlik xizmatining sobiq rahbari Yermek Sagimbayevni tayinladi. Shuningdek, Qozog‘istonning Birinchi Prezidenti - Elboshi Nursulton Nazarboyev Qozog‘iston Xavfsizlik kengashi raisi lavozimidan ketdi. Uning o‘rnini Prezident To‘qayev egalladi.
Qozog‘istonda namoyishlar
Qozog‘istonda norozilik aksiyalari yangi yilning ilk kunlaridan boshlandi. Janaozen shahrida avtomobil egalari suyultirilgan gaz narxi 120 tengega (qariyb 3 ming so‘m) ko‘tarilganidan norozi bo‘lib, ommaviy mitingga chiqdi. Tobora olovlangan namoyishlar ortidan Hukumat komissiyasi Aqtau shahridagi “Intimak” maydonida namoyishchilar bilan uchrashgan. Uchrashuv davomida suyultirilgan gaz narxini pasaytirish va Mang‘istau viloyatida gaz narxini litri uchun 50 tenge etib belgilash to‘g‘risida qaror qabul qilingan.
Muzokara davomida tomonlar barcha yuzaga kelayotgan muammolarni konstruktiv muloqotning asosiy oqimida va amaldagi qonunchilik doirasida hal qilishga kelishib olgan.
Shuningdek, miting ishtirokchilari javobgarlikka tortilmasligiga ham kafolat berilgandi. Lekin, 5 yanvar kuni Qozog‘iston huquq-tartibot idoralari mamlakatning bir qancha viloyatlarida sodir etilgan noqonuniy harakatlar chog‘ida jamoat tartibini buzganlik uchun 200 dan ortiq kishini qo‘lga oldi.
Qozog‘istonda butun mamlakat bo‘ylab 19 yanvargacha favqulodda holat joriy etildi. Shuningdek, shu kunlarda soat 23:00 dan 07:00 gacha komendantlik soati amalda bo‘ladi.
To‘qayev mamlakatdagi norozilik vaziyatiga Hukumat, xususan, Energetika vazirligi, shuningdek, “Kazmunaygaz” va “Kazakgaz” kompaniyalarini aybladi.
Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (ODKb) mamlakatga cheklangan muddatga tinchlikparvar kuchlarni kiritish to‘g‘risida qaror qabul qildi.
LiveBarchasi