Toshkentda yana 5 kishi qo‘lga olindi
3-sahifa
−
08 dekabr 2023
22445Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi tomonidan “Dolzarb qirq kunlik” doirasida o‘tkazilayotgan tergov-tezkor harakatlari davomida yana bir nechta shaxslar jinoyat sodir etganlikda gumonlanib ushlandi. Bu haqda IIBB xabar berdi.
Quyidagi shaxslar qo‘lga olingan:
1. 1993 yilda tug‘ilgan O‘rinov Umidjon Baxtiyor o‘g‘li (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 277-moddasi 2-qismi, bir guruh shaxslar tomonidan bezorilik);
2. 1995 yilda tug‘ilgan Begmatov Asadullo Xolmat o‘g‘li (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 277-moddasi 2-qismi, bir guruh shaxslar tomonidan bezorilik).
3. 1987 yilda tug‘ilgan Sobirjonov Xasan Abdusamatovich (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 277-moddasi 3-qismi, bezorilik);
4. 1987 yilda tug‘ilgan Sobirjonov Xusan Abdusamatovich (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 277-moddasi 3-qismi, bezorilik).
5. 1990 yilda tug‘ilgan Jalilov Xasan Nazarovich (O‘zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksi 277-moddasi 2-qismi, bir guruh shaxslar tomonidan bezorilik).
Bildirilishicha, gumon qilinuvchilarga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi tanlangan. Tergov davom etmoqda.
“Hurmatli fuqarolar agar Siz ushbu shaxslardan jabr ko‘rgan bo‘lsangiz yoki ushbu shaxslarning jinoiy xatti-harakatlari bo‘yicha ma’lumotlarga ega bo‘lsangiz, Toshkent shahar IIBBning 71-206-45-69, 71-206-49-46 yoki 102 raqamlariga yoxud 99-370-73-94 telegram raqamiga murojaat qilishingizni so‘raymiz. Murojaatchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, shu kungacha Buxoro, Farg‘ona, Andijon, Namangan, Samarqand, Xorazm va Toshkent viloyatlarida hamda Toshkent шаҳрида tezkor profilaktik tadbirlar doirasida jinoyatchilikda gumonlangan shaxslar ushlangandi.
LiveBarchasi