Til va adabiyot universiteti masofaviy ta’lim shakliga o‘tkazildi

Jamiyat

image

Bugun, 19 apreldan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti onlayn ta’lim shakliga o‘tdi. Bu haqda universitet Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, universitetning professor-o‘qituvchilari, talabalari orasida koronavirusga chalinish holatlari aniqlangani sababli Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda shunday qaror qabul qilingan.

Bosh OTMlardan farqli o‘laroq, ToshDO‘TAU 14 kunga emas, nomuayyan muddatga masofaviy o‘qish shakliga o‘tdi.

“Epidemiologik vaziyat barqarorlashgach, an’anaviy o‘quv jarayoniga qaytish borasida qo‘shimcha xabar beriladi. Yangiliklardan o‘z vaqtida voqif bo‘lish uchun universitetning rasmiy Telegram kanaliga barcha do‘stlaringizni taklif etishingizni so‘raymiz”, deyiladi universitet xabarida.

Eslatib o‘tamiz, bugungacha Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, Toshkentdagi Inha universiteti, Toshkent transport universiteti, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va O‘zbekiston davlat konservatoriyasi talabalarida koronavirus aniqlandi. Shuningdek, Moliya instituti ehtiyot chorasi sifatida masofaviy ta’lim shakliga o‘tgandi.

Keyinroq, Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti, O‘zbekiston Islom akademiyasi, O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti va Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali ham o‘qishning masofaviy shakliga o‘tkazilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

75

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing