Ukrainadagi urush qo‘mondoni o‘zgarishi Putinga yordam bermaydi – Oq uy

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning strategik muvaffaqiyatsizligini Ukraina urushidagi qo‘mondonni o‘zgartirish bilan bartaraf etib bo‘lmaydi. Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Jennifer Psaki ma’lum qildi, deya xabar berdi CNN.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Suriyada kimyoviy qurol qo‘llagani bilan tanilgan general Aleksandr Dvornikovning tayinlanishi hech narsani o‘zgartirmaydi – yuqoridagi kadrlar yoki rahbariyatning o‘zgarishi bu Rossiya uchun strategik muvaffaqiyatsizlik ekanligini yo‘q qilmaydi.

Psakining ta’kidlashicha, Qo‘shma Shtatlar Rossiya armiyasining Suriyadagi vahshiyliklarida Dvornikov o‘ynagan rolni yaxshi biladi. Qo‘shma Shtatlarda ular Ukrainada ham xuddi shunday qilishga urinishiga ishonishadi.

“Biz Ukrainada ko‘rgan vahshiyliklarning davomi bo‘lishini kutyapmiz. Lekin yana bir bor aytamanki, ishlar Prezident Putin rejalashtirganidek bo‘lmadi va bu kadrlar o‘zgarishi bilan tuzalmaydi”, deya xulosa qilgan u.

Psakining kelgusini inobatga olib aytishicha, Bayden ma’muriyati Rossiya kuchlari Kiyev va uning atrofidagi hududlarni egallash bo‘yicha muvaffaqiyatsiz urinishlardan keyin birlashib, Ukraina sharqida Ukraina qo‘shinlarini o‘rab olishga va mag‘lub etishga harakat qiladi, deb hisoblamoqda.

“Va biz mojaroning bu bosqichi uzoq davom etishini taxmin qilyapmiz va biz Rossiya o‘z taktikasini o‘zgartirishi va shafqatsizlikni kamaytirishini tasavvur qilolmaymiz va, albatta, rahbariyatning o‘zgarishi biz ko‘rgan vahshiylikning davom etishini anglatadi”, deya qo‘shimcha qilgan u.

Eslatib o‘tamiz, Ukrainadagi urushning yangi qo‘mondoni etib, 61 yoshli general Aleksandr Dvornikovni tayinlagandi. U Rossiyaning Suriyadagi harbiy amaliyotlariga boshchilik qilgan.

Rossiya-Ukraina urushi

Joriy yilning 21 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Kremlda Ukraina sharqidagi o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan Lugansk xalq respublikasi (LXR) va Donetsk xalq respublikasini (DXR) tan olish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Keyinroq RF respublikalarni shu nomdagi viloyatlar chegaradagi tan olganini ta’kidlab, Ukrainaga qarshi urush xavfini oshirib yubordi.

Putinning favqulodda qarori ortidan AQSH, YeI, Kanada, Avstraliya, Buyuk Britaniya va Yaponiya rasmiylari ham Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritdi.

24 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukraina sharqida Donbassda rus harbiylari "maxsus harbiy operatsiya" boshlaganini e’lon qildi va rus qo‘shinlari Ukrainaga hujum boshladi. Putin bu harakatini Ukraina sharqidagi rossiyaparast separatist kuchlar rahbarlari shunday so‘rov yuborgani bilan oqladi.

Bundan avvalroq Zelenskiy Rossiya fuqarolariga rus tilida murojaat qilib, ukrainlarga “na sovuq, na issiq, na gibrid urush kerak emas”ligini, ukrainlar hujumchilarni kutib olishga tayyorligini bildirgandi. Ko‘p o‘tmay Prezident Rossiya bilan diplomatik aloqani uzdi. Prezident Zelenskiy mamlakatda harbiy holat e’lon qildi.

25 fevral kuni Zelenskiy Ukrainada umumiy harbiy safarbarlik e’lon qildi. Armiyaga chaqiruv mamlakatning qator viloyat va shaharlarida amalga oshirilishi belgilandi.

Rus qo‘shinlari hozirgacha Ukrainaga shimol, sharq va janubdan hujum qilib kelmoqda va qator hududlarni egallashga erishdi. Ammo bu urush Rossiyaning dunyoda yakkalanib qolishiga olib keldi.

Ukrainaga hujum boshlanishi Rossiya iqtisodiga og‘ir zarba berdi. Rus kompaniyalari aksiyalari keskin arzonlashdi, Moskva birjasida savdolar mislsiz darajada pasayish bilan o‘tdi. Gazprom, LUKOYL va boshqa yirik kompaniyalar yo‘qotishlarga uchradi.

Hujum boshlangach, Yevropa davlatlari va AQSH Rossiyaga qarshi bir necha bosqichli sanksiyalar joriy qildi. Rossiyaning VTB, “Rossiya” banki, “Otkritiya”, “Novikombank”, “Promsvyazbank”, “Sovkombank” va VEB.RF banklari SWIFT xalqaro banklararo tizimidan uzildi. AQSH va Yevropa Ittifoqi Rossiyaning oltin-valyuta zaxirasini blokladi.

Yevropa davlatlari, AQSH, Kanada Rossiya uchun o‘z havo hududini yopdi. Bu sanksiyalarga neytral davlat hisoblangan Shveysariya ham qo‘shildi. Urush fonida Ukrainani Yevropa Ittifoqi a’zoligiga qabul qilish jarayoni tezlashdi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

11

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing